Ўзбекистон республикаси
Download 1.12 Mb.
|
Toshkent davlat ikkinchi tibbiyot instituti
7-parhyez. Buyuriladigan vaqti: Tuzalish davriga o'tgan o'tkir nefrit, siydik cho'kmasidagi o'zgarishlar kam seziladigan surunkali nefrit, homiladorlar nefropatiyasi, xafaqonlik-gipertoniya kasalligi va tuzsiz ovqat zarur bo'ladigan boshqa holatlarda. Buyurishdan maqsad: buyraklar funksiyasini bir qadar avaylash, ko'tarilib ketgan arterial qon bosimi va shishlarga ijobiy ta'sir ko'rsatish. Umumiy tasnifi: tuzsiz, masalliklarning xili pishirish jihatidan olganda, 7a va 76 parhyezlardan farq qilmaydi. Oqsillarning miqdori 80g gacha ko'paytirilib, qaynatib pishirilgan go'sht, baliq va churigan-tvorog qo'shiladi. Dukkakli o'simlik mahsulotlari, kuchli go'sht sho'rvalari, pishiriq va kremlar, gazlangan va spirtli ichimliklar, qovurilgan go'sht, pivo man qilinadi. Tarkibi va kuvvati: oqsillar 80g, yog'lar 100g, uglevodlari 400-500g. Quvvati 2800-3200 kkal. Vitamin S, R, shuningdek V guruh vitaminlari ko'prok mikdorda buyuriladi..
Buyraklari amiloidozga uchragan, ammo faoliyatlari saklanib qolgan bemorlar bilan nefrozli bemorlarga oqsillarning mivdori 140g gacha ko'paytirilgan, lipotrop omillari, to'yinmagan va o'ta to'yinmagan yog' kislotalari va vitaminlari mo'lroq bo'lgan 7 - parhyez buyuriladi. 8-parhyez. Buyuriladigan vaqti: Hazm a'zolari, jigar va yurak - qon tomirlari tizimida maxsus ovqatlanish tartibini talab qiladigan kasalliklarsiz o'tayotgan semizlik. Buyurishdan maqsad: ortiqcha yog' to'planib borishining oldini olish va uni bartaraf etish uchun moddalar almashuviga ijobiy ta'sir ko'rsatish. Umumiy tasnifi: asosan uglevodlar va qisman yog'lar hisobiga ovqatdagi quvvatni cheklash. Oqsillar miqdori fiziologik me'yordan yuqoriroq. Sabzavot va mevalar yetarli miqdorda berib turiladi. Osh tuzi cheklanadi, ta'm kiritish uchun ziravorlar hamda ishtaxani ochadigan azotli va ekstraktiv moddalar, yog'li, go'sht, xamir va makarondan tayyorlanadigan ovqatlar, tuzlangan, dudlangan taomlar, shokolad, kakao man qilinadi, qand o'rniga ksilit, sorbit steviya choyi beriladi. Beriladigan suyuqlik miqdori erkin - 1000ml. kartoshka, oq non sal cheklanadi. Tarkibi va quvvati: oqsillar 100-120g, yog'lar 60-70g, 1 uglevodlar 180-200g. Quvvati 1800-1850 kkal. S vitamini ko'proq miqdorda berib turiladi, boshqa vitaminlar fiziologik me'yorda. Ovqatlanish tartibi: ovqat kam kuvvatli bo'lgani uchun ochlik hissini bartaraf qilishga kifoya qilarli darajada hamda tez-tez berib turiladi. 9-parhyez. Buyuriladigan vaqti: Atsidoz va ichki kasalliklar bo'lmasdan turib o'tayotgan qandli diabet. Buyurishdan maqsad: musbat uglevodlar mutanosibligi (balansi)ni quvvatlab turadigan sharoitlar yaratish, oqsillar almashinuvini izdan chiqishiga yul qo'ymaslik. Umumiy tasnifi: oqsillar fiziologik me'yordan ko'proq miqdorda bo'ladigan, yog'lar bilan uglevodlar bir qadar cheklab ko'yiladigan. Bu parxezda lipotrop ta'sirga ega moddalar qo'shiladi. Ovqatda sabzavotlar yetarlicha bo'ladi. Tuz va xolesterinli .masalliqlar cheklanadi. Masalliqlar odatdagicha pishiriladi. Tarkibi va quvvati: oqsillar 100-120g, yog'lar 70g, uglevodlar 300g. Quvvati 2400 kkal. Ovqatlanish tartibi: kuniga 6 mahal, uglevodlar butun kunga taqsimlanib chiqiladi. Qandli diabet bilan og'rib, ichki a'zolarida hamshira yo'ldosh kasalliklar paydo bo'lgan bemorlarga 9 parxezda ko'rsatilgan parhyez bilan birga aralash parhyez buyuriladi. 10-parhyez. Buyuriladigan vaqti: Yurak-qon tomirlari tizimi kasalliklari, nerv tizimi kasalliklari siydik cho'kmasida o'zgarishlar borligi bilan o'tayotgan surunkali nefrit va piyelonefrit, o'tkir va surunkali piyelitda. Buyurishdan maqsad: qon aylanishi uchun qulay sharoit yaratish, asab tizimini qo'zg'atadigan moddalarni cheklash, azotli moddalarning chiqib turishini yaxshilash va siydik yo'llariga ta'sir qiluvchi mahsulotlarni cheklash. Umumiy tasnifi: osh tuzi cheklanib, azotli ekstraktiv moddalar cheklangan parhyez. Ichak ishini rivojlantiradigan masalliqlar hujayrasi mayin bo'lgan sabzavotlar,. mevalar, kepakli bug'doy va yopilgan non beriladi. Masalliqlar mayin qilib pishiriladi. Tarkibi va kuvvati: oqsillar 80g, yog'lar 65-70g, uglevodlar 350-400g. Quvvati 2500-2800 kkal. Ovqatlanish tartibi: ovqat kam-kamdan, kuniga 5-6 mahal berib turiladi, uyquga yotishdan 3 soat ilgari kechki ovqat yeyiladi. Suyuqlik miqdori cheklangan 1000-1200ml gacha. Download 1.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling