Ўзбекистон республикаси


Download 1.12 Mb.
bet86/119
Sana02.01.2022
Hajmi1.12 Mb.
#189241
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   119
Bog'liq
Toshkent davlat ikkinchi tibbiyot instituti

A'zolarni o'tqazish. Bu juda katta ahamiyatga ega. Darsda asosan yumaloq shaklda o'tirish yaxshi natija beradi. Bu muloqot yaxshi olib borilishiga yo'l ochadi.

Guruhda ish olib borish. Hamma dastlab asabiylashadi, chunki guruhning boshqa a'zolari bilan tanish zmas. Shunda boshliqning dastlabki asosiy vazifasi - guruxdagilarni bir-biri bilan tanishtirish.

Uchrashuvda. Bunda har bir a'zoni alohida tanishtirish kerak. Yangi a'zoga choy yoki kofe taklif qilish mumkin, boshqalar kelguncha jurnallar ko'rishni taklif qilish kerak.

Bir-biri bilan tanishish. Bunda bir-birini tanishtirish kerak. Bu erkinlik tug'dirib, shu guruhning a'zolariga ishonch tugdiradi.


1.7. HAMSHIRALIK ISHIDA DIYETOLOGIYA ASOSLARI
PARHYEZNING MUHOFAZA VA DAVOLASHDAGI AHAMIYATI.
Hozirgi zamon tibbiyotida turli kasalliklarni davolash va salomatlikni muhofaza qilish maqsadida turfa usullar qo'llanilib, ulkan yutuqlarga erishildi. Ushbu usullar ichida parhyez-davo turi alohida ahamiyat kasb etadi, chunki inson tanasi toki faoliyat ko'rsatar ekan. u albatta tashqy muhit bilan uzviy bog'lanib turishi kerak. Kishi tashki muhit bilan ovqatlanish jarayoni orkali bog'lanadi va uning ta'siri tufayli o'ziga zarur bo'lgan ozuqaviy nutriyentlar va quvvat oladi. Shu boisdan ham, ovqatlanish inson tanasi mo'tadilligi va faoliyati bir maromda saqlanishidagi muhim vazifalarni bajaruvchi tashqi omil, deb hisoblanadi.

Ovqatlanishni kasalliklar oldi olinishi va davolash maqsadida insoniyat qadim zamonlardan qo'llab keladi. Bu masala bozor iqtisodiyotini kechirayotgan O'zbekiston Respublikasida dolzarb hisoblanib, uning asosiy qirralarini bilish hamshiralar ishi samaradorligining oshishida zarur yo'nalishlardan biridir. Shu sababdan xam, 1924 yildan boshlab O'zbekistonda ushbu masalaga katta e'tibor beriladi.

Respublikamiz parhyez ovqatlanish nazariyasi va amaliyotiga dastlab A.N. Kryukov va A.A.Askarovlar asos solgan bo'lib, ular boshchiligida chillashir (enterit), oshqozon-ichak kasalliklarida mahalliy mahsulotlarni qo'llagan holda parhyez taomnomalar (diyetalar) ishlab chiqilgan. Bularga 1-chi, 2-chi va 4-chi o'zbek parhyez taomnomalari kiradi. Ammo bu masala Sobiq SSSR davrida keng doirada hal etilmadi va O'zbekistondagi mavjud mahsulotlardan tarkib topgan taomnomalarda fanda ham, tibbiyot amaliyotida ham deyarli e'tibor bershshadi. Shifoxonalarda asosan Ovrupo oshxonasi tomonidan qo'llanilib keldi. Oqibatda kasalliklar oldi olinishi va davolash jarayoni nihoyasida kutilgan natijalarga erishish imkoni bo'lmadi. Bu yo'nalishda «Ona va farzand» ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi va «O'zbekiston Respublikasi Gastoroenterologiya ilmiy Markazi Diyetologiya va vazn korreksiyasi bo'limi» xodimlari tomonidan zamon talablariga javob bera oladigan murakkab tarkibli moddalar («Tabib-1», «Tabib-2»), «Saidusmon» parhyez mahsulotlari va taomlari, («Saidusmon» omixtasi, nonlari va momiqlari, parhyez xolvaytari, parhyez sumalagi va parhyez xalimi, parhyez mastavasi, salomatlik choylari va xokazo) ishlab chiqildi va dastlabki klinik tekshiruvlar ularning samaradorligi yuqori bo'lganligini ko'rsatdi. Ushbu moddalar va taomlar hozirda ham qo'llanilayotgan prof. M.I.Pevzner taomnomasi (diyetasi) tarkibiga qo'shib qo'llanilmoqda. Respublikamiz shifoxonalarida kelajakda yangi milliy taomnomalar ishlatish maqsadida izlanishlar olib borilmoqda.

1-a parhyez. Buyuriladigan vaqti: Oshqozon-ichak yarasi kasalligi qo'ziganda davolashning dastlabki 8-10 kuni davomida va qon ketayotgan mahallarda, sekretsiya kuchayishi bilan o'tayotgan gastrit qo'ziganda, qizilo'ngach kuyib qolganda buyuriladi. Buyurishdan maqsad: me'dani imkon boricha avaylab, kimyoviy, mexanik va termik ta'sirotlarni bartaraf etish. Umumiy xususiyati: me'da shirasi sekretsiyasini qo'zg'atadigan moddalar cheklanadi. Ovqat asosan surq va yarim suyuq holda beriladi. Kalxoriya asosan uglevodlar hisobiga cheklanadi. Oo tuzi cheklab qo'yiladi. Tarkibi va kaloriyasi: oqsillar 80 g, shulardan kamida 60 g hayvon oqsili, yog'lar 80-90 g, uglevodlar 200g, quvvati 2000 kkal. Ovqatlanish tartibi: ovqat oz-ozdan, bot-bot (har 2-3 soatda) yeb turiladi, kechasiga sut yoki chuchuk qaymoq buyuriladi.

1-b parhyez. Buyuriladigan vaqti: Buyurishdan maqsad, umumiy xususiyati 1-a parhyez bilan bir xil. Biroq, 1-a parhyez tasnifida ko'rsatilgan masalliqlarga qoq ok non, quruk biskvit, sut mahsulotlaridan ezilgan tvorog qo'shiladi, pishirilgan go'shtli va baliqli taomlar miqdori ko'paytiriladi. Tarkibi va kaloriyasi: oqsillar 100g, yog'lar 100g, uglevodlar 300g, quvvati 2600 kkal. Ovqatlanish tartibi: ovqat tez-tez (har 2-3 soatda) yeb turiladi, kechasiga sut yoki qaymoq buyuriladi.



1-parhyez. Buyuriladigan vaqti: Oshqozon-ichak yarasi kasalligining qo'zishi tugayotganda, yara bitayotganda, shuningdek, 2-3 oy davomidagi remissiya maxalida buyuriladi.

Buyurishdan maqsad; me'da va o'n ikki barmoq ichakni avaylash, kimyoviy ta'sirlarni bartaraf etish va mexanik ta'sirlarni cheklash, bu - yaraning bitish jarayonini osonlashtiradi. Umumiy tasnifi: me'da sekretsiyasini qo'zg'atadigan moddalar cheklanadi (kuchli baliq va go'sht sho'rvalari, qo'ziqorin, qovurilgan yog'li masalliqlar, kofe, o'tkir gazaklar, qora non, o'simlik xujayrasi, spirtli ichimliklar, xom sabzavotlar). Ovqat asosan qaynatib yoki bugda pishirylgan holda beriladi. Bu parxez kaloriyalar normal, oqsillar, yog'lar va uglevodlarning nisbati normal, vitamin V va S miыdori ko'proq bo'ladi. Osh tuzi cheklanadi. Tarkibi va kaloriyasi: oqsillar 100g, yog'lar 100g, uglevodlar 400g. Quvvati - 3000 kkal.

Ovqatlanish tartibi: ovqat tez-tez (kuniga 6 mahal) yeb turiladi, uykudan oldin sut, qaymoq yoki suyuq qahva buyuriladi.

2 - parxez. Buyuriladigan vaqti:

Sekretor yetishmovchilik bilan o'tayotgan surunkali gastrit, surunkali enterokolit, chaynov a'zolari kasalliklari, operatsiyadan va o'tkir infeksiyadan tuzalish davrida, me'da-ichak yo'lini bir qadar avaylaol kerak bo'lgan mahallarda buyuriladi. Umumiy xususiyati: me'da shirasi ajralishiga yordam beruvchi va me'da shilliq pardasiga shikast yetkazmaydigan, ekstraktiv va boshqa moddalari saqlab qolingan, fiziologik jihatdan bekamu ko'st bo'lgan parxez. Dag'al biriktiruvchi to'qimali go'sht va o'simlik hujayrasi bo'lgan masalliqlar asosan maydalangan, qiymalangan xolda beriladi. Dukkakli o'simliklar - loviya, yashil no'xot kabilar cheklanadi.

Tarkibi va kaloriyasi: oqsillar 80-100, yog'lar 80-100 g, uglevodlar 400g. Quvvati - 3000 kkal. Vitamin S 100mg, boshqa vitaminlar oshirilgan miqdorda.

3-parxez. Buyuriladigan vaqti. Turli sabab oqibatida kelib chiqqan qavziyat - ich qotish holatlarida: taom sababli, ichak asab-Harakat a'zolarini sust qo'zg'atuvchanligi, ko'yunda bavosil va yorilish va h.q. holatlarida.

Umumiy tasnifi: odatdaki kundalik o'rtacha taomnoma bo'lib, unda qaymoq suyuqliklar, ayniqsa achchiq choy, kahva, o'simlik xujayrasi kam bo'lgan maxsulot va taomlar: sutli taomlar, oliy navli oq non, qandolot mahsulotlari (tortlar, pishiriqlar va hokazolar) va boshqa osongina sinadigan, tozalangan mahsulotlar cheklanadi.

O'simlik hujayrasi - kletchatkaga boy bo'lgan mahsulotlar (sabzavotlar, mevalar, tar-mevalar, achitilgan-sirkalangan karam va hokazolar), hamda ichak harakatini rag'batlantiruvchi ovqatni mahsulotlar tavsiya etildi. Jumladan, «Saidusmon ivitmasi» (1:1 nisbatda olinib, qaynatib, iliq xarfli suvda 8-12 oat mobaynida ivitilgan turshak va qora quritilgan olxo'ri).

Undan tashqari suvda pishirilgan qizil-lavlagi, qatiqli ichimliklar, asal va hokazolar ham buyuriladi.



4-parhyez. Buyuriladigan vaqti: Gastroenterokolitlar, o'tkir enterokolitlar va kasallik qo'zigan surunkali enterokolitlar, o'tkir davrdagi dizenteriya, ichakdagi operatsiyalardan keyingi holatda. Buyurishdan maqsad: ichakni mexanik va kimyoviy jihatdan anchagina avaylash, ichak peristaltikasini va.ichakdagi bijg'ish jarayonlarini kuchaytiradigan masalliqlarni cheklash. Umumiy xususiyati: uglevodlar va yog'lar hisobiga kalloriyasi cheklangan, oqsillari fiziologik normaning pastki chegarasi doirasida. Sut, kofe, meva sharbatlari, zirovarlar, eritilgan pishloq, o'simlik hujayrasi bo'lgan masalliqlar (karam, qizilcha, sholg'om, ismaloq, shovul, tuzlangan, dudlangan taomlar) cheklanadi. Tarkibi va kaloriyasi: oqsillar -80g, yog'lar - 70g, uglevodlar-50g. Quvvati- 2000 kkal. Vitamin S 100mg. Ovqatlanish tartibi: ovqat cheklangan miqdorda kuniga 5-6 mahal beriladi. Issiq choy, qora qahva, sho'rva, na'matak qaynatmasi 1,5 l. va boshqa suyuqliklar buyuriladi.


Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling