Ўзбекистон республикаси


Download 1.12 Mb.
bet94/119
Sana02.01.2022
Hajmi1.12 Mb.
#189241
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   119
Bog'liq
Toshkent davlat ikkinchi tibbiyot instituti

(Anamnesis vitae)

Hayot anamnezi bemorning asosiy hayoti davrlari bo'yicha tibbiy tarjimai holi hisoblanadi. Avvalo, umumiy tarjimai Hol ahamiyatiga ega bo'lgan anamnez yig'iladi. Bunda tutilgan yeri, o'z vaqtida tug'ilganligi, nechanchi farzandligi, qachon yura boshlaganligi, raxit belgilari bo'lgan-bo'lmaganligi haqida axborot olinadi. Bu ma'lumotlar uning tug'ilishidagi va chaqaloqligidagi holatini bildiradi. So'ngra bolaligidagi umumiy ijtimoiy sharoitlar (turar joyi, ovqatlanishi va h.k.) jismoniy va aqliy o'sishi, qanday o'qiganligi, necha yoshida jinsiy yetilganligi, ayollarning esa necha marta homilador bo'lganligi, tuqqanligi va uning kechishi, abort va uning asorati to'g'risida axborot olinadi. Salomatlik uchun turar joy va turmush sharoitlari katta ahamiyatga ega. Uyi qanday, nechta odam yashaydi, ovqat tarkibi asosiy maxsulot-oqsil, yog', karbon suv va vytaminlar buyicha to'liq bo'lganmi? Bundan tashqari, vaqtida dam olishi, uyqusi, jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanishi to'g'risida ma'lumot olish kerak. Korxona va muassasalardagi yomon sharoit va ishlab chiqarish zararlari qator kasalliklarni keltirib chikdrishi mumkin. Masalan: changlar o'pka kasalligini keltirib chiqaradi (to'qimachilik sanoatida). Bu hakda ham so'rab bilish kerak.

Bundan tashkari, boshdan kechirgan kasalliklari haqida so'raladi.

Oilaviy - irsiy anamnezni yig'ish, ya'ni ota-onasi, aka-uqa, opa singillari va yaqin qarindoshlarining sog'ligi haqida bilish bemorning kasalligini aniqlashga yordam beradi. Masalan: oilada kimdir sil kasalligi bilan og'risa, boshqalarga ham o'tishi mumkin, yoki zaxm kasalligi homilalik vaqtida bolaga o'tishi mumkin. Hozirgi vaqtda allergologik anamnez yig'ish juda katta ahamiyatga ega, chunki ekologik sharoitning yomonlashib borishi, dori darmonlarni haddan tashkari ko'p qo'llash, har xil sintetik moddalarning ko'p miqdorda ishlatilishi allergik kasalliklar ko'payib ketishiga sabab bo'lmokda. Allergik reaksiyalar juda xilma-xil bo'lib vazomotor rinitdan boshlab, to qizilcha, Kvinke shishi anafilaktik shokkacha uchraydi.




Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling