Ўзбекистон республикаси


KASALLIKLARNI ANIQLASHDA QO'LLANADIGAN


Download 1.12 Mb.
bet92/119
Sana02.01.2022
Hajmi1.12 Mb.
#189241
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   119
Bog'liq
Toshkent davlat ikkinchi tibbiyot instituti

KASALLIKLARNI ANIQLASHDA QO'LLANADIGAN

TIBBIY USULLAR
Har xil ko'rinishlarda namoyon bo'ladigan kasalliklarni aniqlash uchun xilma xil usullar - bemor bilan oddiy muloqot (so'rab-surishtirish)dan boshlab, to murakkab tekshirish usullarigacha qo'llaniladi. Kasallik belgilarining bemor ongida namoyon bo'lishi - subyektiv belgilar deb ataladi. Masalan: og'riq sezish, ko'ngil aynish kabilar.

Agar kasallik ko'rinishi shifokor tomoiidan (teri sargayishi, jigar kattalashishi) aniqlansa, obyektiv belgilar deb qaraladi. Bitta belgi bilan kasallikni aniqlash juda qiyin, u har-xil belgilar yig'indisi orqali aniqlanadi. Shuning uchun tashxisotning birinchi tartib-qoidasi bemorni to'liq va tizimli o'rganish hisoblanadi. O'rganish esa ma'lum asosda olib boriladi. Bemorni tekshirish so'rab-surishtirishdan boshlanadi.

Avvalo bemor shikoyatlari aniqlanadi. Bu vaqtda asosiy va qo'shimcha shikoyatlar hisobga olinadi. Asosiy shikoyatlarga alohida ahamiyat beriladi. Uning asosiy xususiyati aniqlanadi. Masalan: yo'tal bo'lsa, u qandayligi, quruq yoki nam, qay vaqtda ko'proq bo'lishi, hurujli yoki hurujsizligi, sovuq havoga chiqqanda bo'lishi va h.k. So'ngra qolgan barcha shikoyatlari xam tahlil qilinadi. Asosiy shikoyatlarini o'rganish orqali kasallik haqida umumiy fikr yuritish mumkin. Lekin shuning o'zi bilan chegaralanib qolish kerak emas. Bemorni ma'lum tartib bo'yicha so'rab-surishtirish kerak. Bu bilan biz ayrim kasallik belgilari qolib ketmasligining oldini olamiz. Masalan: Bemorning umumiy holatida o'zgarish bo'lganligi yoki bo'lmaganligini aniqlaymiz (ozib ketmadimi, harorati yo'kmi, xolsizlik bormi, bosh og'rig'i, shish va x.k.).

Bemorni har tomonlama so'rab-surishtirib chiqqandan so'ng uning asosiy shikoyatlari tartib bilan yozilib, so'ngra qo'shimcha umumiy xususiyatga ega bo'lgan shikoyatlari yoziladi.



Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling