Simptom turli kasalliklarda vujudga keladigan belgilar.
Masalan: Konchalovskiy- Rumpel- Leyede simptomi-dimlanish fenomeni, tizimcha simtomi - yelkani tizimcha (jgut) bilan qisib boylaganda yelka tepasi ichki tomonida nuqta - nuqta qontalashning hosil bo'lishi yoki Pasternatsiiy simptomi — buyrak kasalliklarida tashqaridan belga urib ko'rilganda mahalliy og'riqning paydo bo'lishidir.
Sindrom birga uchraydigan simptomlar yig'indisi: ma'lum kasallikka xos bo'lgan belgilar to'plami, simptomopleks.
Masalan: Adams-Stoks sindromi yurak o'tkazuvchi tizimining buzilishidan vujudga keluvchi sindrom. O'tkazuvchi tizimidan impulslarning normal o'tmasligi yurak qorinchalari 15-20 sek. To'xtashi, bemorning xushdan ketishi, betining oppoq oqarib, chuqur nafas olishi va yuz muskullarning uchishiga, so'ngra tutqanoqqa o'xshab tirishishi (Adams-Stoks sindromi)ga olib keladi.
Yurak-o'pka sindromi o'pkadagi surunkali jarayonlar natijasida kichik qon aylanish doirasida qonning dimlanib qolishidir. Bundan yurak o'ng qorinchasiga zo'r kelib, yetishmovchilik holatiga tushadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |