¡збекистон республикаси


Download 2.32 Mb.
bet20/52
Sana21.11.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1791505
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   52
Bog'liq
Маъруза (ЭЧС) лотин

Avtotransformatorlarning kamchiliklari: neytralini erga mustahkam ulash zaruriyati bir fazali qisqa tutashuv tokining ortishiga olib keladi;
kuchlanishni boshqarish jarayoni murakkab;
YUK va o‘K chulg‘amlarning elektrik bog‘lanishi sababli o‘takuchlanishlarning atmosfera orqali o‘tish xavfi tug‘iladi.


Sinov savollari
1. Transformatorlarning transformatsiyalanish koeffitsientini o‘zgartirish kanday bajariladi?
2. PBV qurilmasini ishlash prinsipini aytib bering.
3. RPN qurilmasini ishlash prinsipini aytib bering.
4. Avtotransformatorlarda kuchlanishni rostlash xususiyatlari nimadan iborat?
Ma’ruza 12
Transformatorlarning kuchlanishini rostlash ( 4-mashg‘ulot)
Iste’molchilarning normal ishlashi uchun podstansiya shinalaridagi kuchlanishni ma’lum darajada ushlab turish kerak. Elektr tarmoqlarida kuchlanishni rostlashning qator usullari qo‘llaniladi, shulardan biri transformatorlarning tranformatsiyalanish koeffitsientini o‘zgartirishdir.
Ma’lumki, transformatsiyalanish koeffitsienti birlamchi kuchlanishning ikkilamchisiga nisbati bilan aniqlanadi, yoki

bunda va -birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlarning mos holda o‘ramlar soni.
Bundan .
Transformatorlarning chulg‘amlari qo‘shimcha shoxobchalar bilan ta’minlanadi. Ularni qayta ulash bilan transformatsiyalanish koeffitsientini o‘zgartirish mumkin. SHoxobchalarni uyg‘otmasdan (PBV) ularni qayta ulash, ya’ni transformatorning hamma chulg‘amlarini tarmoqdan uzgandan so‘ng yoki yuklama ostida (RPN) ulash mumkin.
PBV qurilmasi transformatsiyalanish koeffitsientini 5% oralig‘ida o‘zgartirish imkoniyatini beradi. Buning uchun asosiy chiqqichdan tashqari yuqori kuchlanish chulg‘amidan ikkita qo‘shimcha shoxobcha qilinadi, ya’ni +5% va -5% (28-rasm, a).
Agarda transformator asosiy chiqqich 0 da ishlagan bo‘lsa va ikkilamchi tomondagi kuchlanish U2 oshirish lozim bo‘lsa, transformatorni o‘chirib -5% li shoxobchaga qayta ulanadi, natijada o‘ramlar soni kamayadi.
O‘rta va katta quvvatli transformatorlarda, har qaysi faza uchun alohida o‘rnatilgan baraban ko‘rinishdagi maxsus kayta ulagichlar yordamida qayta ulanadigan to‘rtta ±2∙2,5% li shoxobchalar ko‘zda tutilgan bo‘ladi (28-racm, b). Kayta ulagich yuritmasining tutqichi transformatorning qopkog‘i ustiga chiqarilgan.
R olik bilan kayta ulagichning kontaktlari A4 va A5 tutashtirilganda transformatorning transformatsiyalanish koeffitsienti nominal miqdorga teng bo‘ladi.
A3-A4 va A2-A3 holatlar transformatsiyalanish koef-fitsientining 2,5 va 5% ga oshgan, A5-A6 va A6-A7 holatlar esa 2,5 va 5% ga kamaygan miqdoriga to‘g‘ri keladi.
PBV qurilmasi kuchlanishni sutka davomida etarlicha rostlashga imkon bermaydi, chunki bunda transformatorni qayta ulash uchun uni tez-tez uzishga to‘g‘ri kelardi, bu asa ekspluatatsiya sharoitlariga to‘g‘ri kelmaydi. Odatda, PBV faqat mavsumiy kuchlanishni rostlashda ishlatiladi.
Y Uklanish ostida rostlash (RPN) traisformator chulg‘amining shohobchasini zanjirni uzmay qayta ulash imkonini beradi. RPN qurilmasi transformatorning quvvati va kuchlanishiga qarab kuchlanishni turli oraliqda rostlashni ko‘zda tutadi (har bir pog‘onasi 1,5% dan bo‘lgan ±10% dan to ±16% gacha) [2 -10].
Pog‘onani boshqarish VN tomonda olib boriladi, chunki bu hol tokning miqdori kichik bo‘lgani sababli qayta ulash qurilmasini soddalashtiradi. Boshqarish diapazonining shoxobchalar sonini ko‘paytirmasdan turib uni kengaytirish uchun dag‘al va aniq boshqarish pog‘onalari qo‘llaniladi (29-rasm). Agar kayta ulagich P II holatda tursa, saqlagich I esa shoxobcha 6 da bo‘lsa, eng katta transformatsiyalanish koeffitsienti hosil bo‘ladi. Kayta ulagich 1 holatda, saqlagich esa shoxobcha 1 da bo‘lsa eng kichik transformatsiyalanish koeffitsienti olinadi.
Boshqariluvchi chulg‘amning bir shoxobchasidan ikkinchisiga o‘tishi yuklama tokini uzmay va shu chulg‘am o‘ramlarinig qisqa tutashtirmay amalga oshiriladi. Bunga reaktorli yoki rezistorli maxsus qayta ulash qurilmasida erishiladi. Rezistorli sxema (30-rasm) reaktorli sxemaga qaraganda qator afzalliklarga ega bo‘lib, hozirda keng qo‘llanilmoqda. 30-rasmda chulg‘amning boshqariluvchi qismi bilan qayta ulash qurilmasi ko‘rsatilgan. Kontaktorlar bilan saqlagichlarning ishlash tartibi 3 jadvalda ko‘rsatilgan.



Jarayon №

Kontakt va saqlagichlar vaziyati

K1

K2

I1

K3

K4

I2

0

+

+

5

-

-

6

1

+

+

5

-

-

4

2

-

+

5

-

-

4

3

-

+

5

+

-

4

4

-

-

5

+

-

4

5

-

-

5

+

+

4

Boshlang‘ich holat 0 da transformator shoxobcha 5 da ishlaydi va yuklanish toki kontaktor K1 orqali o‘tadi.Faraz qilaylik, boshqariluvchi chulg‘amdagi o‘ramlar sonini kamaytirish lozim bo‘lsin, ya’ni shoxobcha 4 ga o‘tish kerak. Bu holatda RPN elementlarining ishlash tartibi quyidagicha bo‘ladi: toksizlantirilgan saqlagich I2 holat 4 ga o‘tkaziladi, so‘ngra K1 uziladi va yuklama toki qisqa vaqt ichida R1 va K2 orqali o‘tadi; uchinchi jarayonda KZ tutashtiriladi, bunda yuklama tokining yarmisi R1 va K2 orqali va qolgan qismi R2 va K3 orqali o‘tadi, bundan tashqari, boshqariluvchi chulg‘am 5-4 ning o‘ramlari R1 va R2 orqali ulanadi va ular orqali miqdor jihatidan chegaralangan sirkulyasiyalanuvchi tok o‘tadi; keyingi jarayonlarda K2 ajratiladi va K4 ulanadi, bunda yuklama toki boshqariluvchi chulg‘am orqali shoxobcha 4, saqlagich I2, kontaktorlar K4 dan chiqqich O ga o‘tadi.


Hozirgi RPN qurilmalarida tokni kommutatsiyalash uchun vakuumli yoy so‘ndiruvchi kameralar qo‘llanilmoqda. SHu sababli transformator moyi yoy so‘ndiruvchi muhit sifatida qo‘llanilmaydi va ishlash jarayonida uni almashtirishga hojat qolmaydi. Bunday qayta ulovchi RNTA 235/1000 V qurilmalar intensiv rejimda uzib-ulab ishlaydigan o‘zgartiruvchi transformatorlarda qo‘llaniladi. Tiristorli qayta ulagichlarni qo‘llash bilan RPN larni yana ham takomillashtirish mumkin. Tiristorlar yuklama toki nol orqali o‘tish momentida ishlab ketadi va ikkilamchi chulg‘amlarni kerakli tartibda ketma-ket ulaydi.
A vtotransformatorlarda kuchlanishni rostlash ayrim xususiyatlarga ega. Agar shoxobcha umumiy chulg‘amdagi neytral nuqta tomonida qilinsa (31-rasm, a), bu hol qayta ulovchi qurilmaning izolyasiyasini osonlashtirishga va uni kichik tokga hisoblashga imkon beradi, chunki avtotransformatorning umumiy chulg‘amidan toklarning farqi o‘tadi. Bunday rostlash bog‘langan deb yuritiladi, chunki shoxobchalarni qayta ulaganda bir vaktda VN va SN chulg‘amlarining o‘ramlar soni o‘zgartiriladi. Bu hol o‘zakdagi induksiyaning kesim o‘zgarishiga va NN chulg‘amdagi kuchlanishning tebranishiga olib keladi.
Avtotransformatorda mustaqil rostlashni o‘rtacha kuchlanishli chiziqli uchidagi rostlash chulg‘ami yordamida amalga oshirish mumkin (31-rasm, b). Bunday holatda qayta ulash qurilmasi to‘liq nominal tokka, uning izolyasiyasi esa o‘rta chulg‘amning to‘liq kuchlanishiga hisoblangan bo‘lishi lozim.
I zolyasiyali 110 va 220 kV sinfdagi 2000 A gacha tokka mo‘ljallangan bunday qayta ulash qurilmalari, katta quvvatli avtotransformatorlar uchun RPN da ishlash imkonini beradi. Rostlash avtomatik boshqaruvchi elektr yuritmaga ega bo‘lgan uchta bir fazali to‘g‘rilagichlar yordamida amalga oshiriladi. Kuchli transformator va avtotransformatorlarda kuchlanishni yuklama ostida rostlash uchun ketma-ket rostlovchi transformatorlar ham qo‘llaniladi (32-rasm). Ular avtotransformator 1 ning asosiy chulg‘amiga qo‘shimcha EYUK kirituvchi ketma-ket transformator 2 dan hamda shu EYUK qiymatini o‘zgartiruvchi rostlovchi avtotransformator Z dan iborat.
Bunday transformatorlar yordamida faqat kuchlanish qiymatini emas (bo‘ylama rostlash), balki uning fazasini ham o‘zgartirish mumkin (ko‘ndalang rostlash).
Bunday transformatorlar qurilmalar RPN ga qaraganda ancha murakkab bo‘lganligi uchun ular qimmat turadi va ularni ishlatish cheklangan.

Ketma-ket rostlovchi transformatorlarning tiplaridan biri bo‘lib kuchlanishni ±(10-15)% oralig‘ida rostlashni ta’minlovchi, elektr uzatuvchi liniyaga ketma-ket ulanadigan chiziqli to‘g‘rilagichlar hisoblanadi. LTM tipidagi chiziqli to‘g‘rilagichlar har xil quvvatga (400 kVA dan 125 MVA gacha) va kuchlanishga (6 dan 110 kV gacha) mo‘ljallab tayyorlanadi.





Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling