¡збекистон республикаси


Download 2.32 Mb.
bet21/52
Sana21.11.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1791505
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   52
Bog'liq
Маъруза (ЭЧС) лотин

Sinov savollari
1. Transformatorlarning transformatsiya-lanish koeffitsientini o‘zgartirish kanday bajariladi?
2. PBV qurilmasini ishlash prinsipini aytib bering.
3. RPN qurilmasini ishlash prinsipini aytib bering.
4. Avtotransformatorlarda kuchlanishni rostlash xususiyatlari nimadan iborat?


Ma’ruza 13
O‘zgaruvchan va o‘zgarmas toklarning elektr yoyi
K ommutatsion apparatlarning konstruksiyasini ko‘rib chiqishdan avval elektr yoyida hosil bo‘ladigan asosiy jarayonlar bilan tanishish lozim. YUqori kuchlanishli zanjirdagi kontaktlar ajralganda yoy ko‘rinishidagi elektr razryad hosil bo‘ladi. YOy katod oldi bo‘shliq, yoy ustuni va anod oldi bo‘shliqlariga bo‘linadi (33-rasm). Hamma kuchlanish shu sohalar o‘rtasida taqsimlanadi Uk, Us.d, Ua. O‘zgarmas tok yoyidagi kuchlanishning katoddagi pasayishi 10-20 V bo‘lib, shu uchastkaning uzunligi esa 10-4-10-5 sm ni tashkil etadi. SHunday qilib, katod oldida yuqori elektr maydon kuchlanganligi kuzatiladi (105-106 V/sm). Bunday yuqori kuchlanganlikda zarbiy ionizatsiya sodir bo‘ladi. Buning ma’nosi quyidagicha: katoddan elektr maydon (avtoelektron emissiya) kuchi bilan yoki katodning qizishi (termoelektron emissiya) hisobiga ajralgan elektronlar elektr maydonda katta tezlikda harakatlanadi va neytral atomga urilganda unga o‘zining kinetik energiyasini beradi. Agar shu energiya neytral atomning qobig‘idan bitta elektronni ajratishga etarli bo‘lsa ionizatsiya sodir bo‘ladi. Hosil bo‘lgan erkin elektronlar va ionlar yoy ustuni plazmasini tashkil etadi. Plazmaning o‘tkazuvchanligi metallarning o‘tkazuvchanligiga yaqinlashadi [γ=2500 1/(Om·sm)]. YOyning ustunidan katta tok o‘tadi va yuqori harorat hosil bo‘ladi. Tokning zichligi 10000 A/sm2 va undan ortiq bo‘lishi mumkin, harorat esa atmosfera bosimida 6000 K dan to 18000 K gacha va bosim oshganda undan ham yuqori bo‘ladi.
YOy uschtunidagi yuqori haroratlar intensiv termoionizatsiyaga olib keladi, u o‘z navbatida plazmaning katta o‘tkazuvchanligini saqlab turadi. Termoionizatsiya - molekula va atomlarning yuqori tezlikda harakatlanishida katta kinetik energiyaga ega bo‘lgan molekula va atomlarning bir-biriga urilishidan ionlar hosil bo‘lish jarayonidir. YOyda tok qancha katta bo‘lsa, uning qarshiligi shuncha kichik bo‘ladi, shu sababli yoyning yonishi uchun kichik kuchlanish etarli bo‘ladi, ya’ni katta tokli yoyni so‘ndirish ancha qiyin bo‘ladi.
O ‘zgaruvchan tokda ta’minlovchi manba kuchlanishi Us sinusoida bo‘yicha o‘zgaradi, shuningdek, zanjirdagi tok I ham o‘zgaradi (44-rasm), bunda tok kuchlanishdan taxminan 90° ga orqada qoladi. Uzgich kontaktlari orasida yonayotgan yoydagi kuchlanishi o‘zgaruvchan. Kichik toklarda kuchlanish Uz miqdorgacha ko‘payadi (yondirish kuchlanishi), so‘ngra tokning yoyda ortib borishi bilan, termik ionizatsiyaning ortishi natijasida kuchlanish pasayadi. Tok nolga yaqinlashgan yarim davr oxirida so‘ndirish kuchlanishi Ug da yoy so‘nadi. Keyingi yarim davrda, agar, oraliqda deionizatsiya uchun tadbirlar ko‘rilmasa shu hodisa takrorlanadi.
Agar yoy u yoki bu usullar bilan so‘ndirilsa, u holda Uzgich kontaktlari orasidagi kuchlanish ta’minlovchi tarmoq kuchlanishi miqdoriga qadar tiklanishi lozim. Biroq, zanjirda induktiv, aktiv va sig‘im qarshiliklar bo‘lganligi uchun o‘tish jarayoni hosil bo‘ladi va kuchlanishning tebranishi paydo bo‘ladi, bularning uv,tax amplitudasi normal kuchlanishdan ancha yuqori bo‘ladi (34-rasm). O‘chiruvchi apparaturalar uchun AV uchastkadagi kuchlanish qanday tezlikda tiklanishi muhim ahamiyatga ega.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, yoy razryadi zarbiy ionizatsiya va katodning elektronlar emissiyasi hisobiga boshlanadi, yongandan so‘ng esa yoy, yoy ustunida (stvolida) termoionizatsiya hisobiga davom etib turadi.
O‘chiruvchi apparatlarda kontaktlarni bir-biridan ajratishdan tashqari, ular orasida hosil bo‘lgan eyni so‘ndirish ham zarur.
O‘zgaruvchan tok zanjirlarida yoyidagi tok har bir davr yarmida noldan o‘tadi (44-rasm,), shu vaktlarda yoy o‘z-o‘zidan o‘chadi, lekin davrning keyingi yarmida yana hosil bo‘lishi mumkin. Ossillogrammalarning ko‘rsatishicha, yoydagi tok noldan tabiiy holda o‘tishidan ancha oldin nolga yaqin bo‘ladi (35-rasm, a). Bunga sabab shuki, yoyga kelayotgan energiya tok kamayishi bilan kamayadi, demak yoy harorati ham kamayadi va termoionizatsiya tugaydi. Toksiz; pauza davomliligi tp katta emas (o‘ndan to bir necha yuz mikrosekundlargacha), lekin yoyni so‘nishida katta axamiyat o‘ynaydi. Agar kontaktlar toksiz pauzada ajratilsa va ular etarlicha tezlikda elektr teshish sodir bo‘lmaydigan shunday oraliqqa uzoqlashtirilsa, shundagina zanjir juda tez o‘chiriladi.
T oksiz pauza vaqtida ionizatsiya intensivligi keskin pasayadi, chunki termoionizatsiya sodir bo‘l-maydi. Kommutatsion ap-paratlarda, bundan tashqari, yoy oralig‘ini sovitish va za-ryadlangan zarrachalar sonini kamaytirishga qaratilgan sun’iy tadbirlar qo‘l-laniladi. Deionizatsiyaning bu jarayonlari oraliqning elektr mustahkamligi upr ning asta-sekin ortishiga olib keladi (35-rasm, b).
Tok nol orqali o‘tgandan so‘ng oraliqning elektr mustahkamligining keskin ortishi, asosan, katod oldidagi bo‘shliq (150-250 V li o‘zgaruvchan tok zanjirida) mustahkamligining ortishi hisobiga bo‘ladi. Bir vaqtning o‘zida tiklanuvchi kuchlanish uv ortadi. Agar istalgan daqtda upr>uv oraliqdan zarrachalar o‘tmasa, tok noldan o‘tgandan so‘ng ham yoy qayta yonmaydi. Agar qandaydir vaktda u'pr=uv bo‘lsa, oraliqda yoyning qayta yonishi sodir bo‘ladi.
SHunday qilib, yoyni so‘ndirish uchun kontaktlar orasidagi bo‘shliqning elektr mustahkamligi upr ular orasidagi kuchlanish iv dan katta bo‘ladigan sharoitlar yaratish lozim.
1000 V gacha bo‘lgan o‘chiruvchi apparatlarda yoyni so‘ndirishning quyidagi usullari keng qo‘llaniladi:
K ontaktlarni tez ajratib yoyni uzaytirish: yoy qancha uzun bo‘lsa, uning yonib turishi uchun shuncha katta kuchlanish kerak bo‘ladi. Agar manba kuchlanishi kichik bo‘lsa, u holda yoy so‘nadi.
Uzun yoyni qator qisqa yoylarga bo‘lish (36-rasm, a), 33-rasmda ko‘rsatilganidek, yoydagi kuchlanish katod Uk va anod Ua kuchlanishlarining pasayishi hamda yoy ustuni kuchlanishi Us.d yig‘indisidan iborat:

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling