¡збекистон республикаси


Elektr tizimi elementlarining nominal kuchlanishi


Download 2.32 Mb.
bet3/52
Sana21.11.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1791505
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
Bog'liq
Маъруза (ЭЧС) лотин

Elektr tizimi elementlarining nominal kuchlanishi.
Ma’lumki, texnikada seriyali ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lmoqlik uchun uskunalarni standartlash, ya’niy ularni katta-kichiklik, massa, tok, kuchlanish yoki boshqa parametrlari bo‘yicha bir necha turga bo‘lib, ishlab chiqarish kerak.
Elektr tizimda past (220-660 V), o‘rta (3-35kV), yuqori (110-220kV) va o‘ta yuqori (330-1150 kV) kuchlanishli tarmoqlar tavsiya etilmaydi.
Nominal kuchlanish. Elektr tizimining uskunalari (generatorlar, transformatorlar, liniyalar va boshgqalar) mo‘ljallangan nominal kuchlanish bilan xarakterlanadi.
Elektr energiya iste’molchilari va generatorlarning nominal kuchlanshi deb, ularni normal sharoitda ishlashi uchun mo‘ljallangan kuchlanshi aytiladi.
Iste’molchilarning yuklamalari har doim o‘zgarib turganligi tufayli tarmogqning kuchlanshi xar bir nuqtada nominal qiymatdan og‘ib turadi.
Ammo, 50 Gs li uch fazali tok tizimida kuchlanish nominal qiymatidan og‘ishi standart bo‘yicha ± 5% dan katta bo‘lmasligi kerak.
Generatorlarni nominal quchlanishi tarmoqda bo‘ladigan kuchlalsh yo‘qotilishini hisobga olib tarmoq kuchlaiishidan 5% ga oshiq qilib olinadi.
Transformatorlarni nominal kuchlanishi salt yurish holatida ularni birlamchi va ikkilamchi cho‘lg‘amlari uchun olinadi. Trassformatorni birlamchi cho‘lg‘ami elektr energiyani qabul qiladi va shuning uchun kuchaytiruvchi transformatorda nominal kuchlanishi generatorning nominal kuchlanishiga, pasaytkruvchida esa tarmoqning nominal kuchlanishiga teng. U yoki bu kuchlanishli tarmoqni taminlovchi ikilamchi cho‘lgamni kuchlanishi yuklama vaqtida, tarmoq kuchlanishidan 5% ga yuqori bo‘lishi kerak.
Ammo, yuklama ostida transformatorning o‘zida ham kuchlanish yo‘qolishi bo‘lganligi sababli ikkilamchi cho‘lg‘amning nominal kuchlanishi (yani salt yurish kuchlanishi) tarmoq kuchlanishidan 10% ga yuqorii holda olinadi.
Bu quvvati 630 kVA va undan kichik transformatorlardan tashkari hamma transformatorlarga tegishlidir. Bunday trasformatorlar uchun esa ta’minlovchi tarmokning kuchlanishi tarmoqning nominal kuchlanishidan 5% ga yuqori holda olinadi.

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling