¡збекистон республикаси
O‘z-o‘zini sinov savollari
Download 2.32 Mb.
|
Маъруза (ЭЧС) лотин
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma’ruza 20 Simlar, shinalar va kabellar Asosiy elektr zanjirlarida qo‘llaniladigan o‘tkazgichlar tiplari
- Qattiq shinalar
O‘z-o‘zini sinov savollari
O‘lchov kuchlanish transformatorlarini vazifasi va konstruksiyasi. NTMI tipidagi uch fazali moyli transformatorlarni vazifasi va konstruksiyasi. O‘lchov kuchlanish transformatorlarini ish rejimi? Ma’ruza 20 Simlar, shinalar va kabellar Asosiy elektr zanjirlarida qo‘llaniladigan o‘tkazgichlar tiplari Elektrostansiya va podstansiyalarning asosiy elektr uskunalari (generatorlar, transformatorlar, sinxron kompensatorlar) va shu zanjirlardagi apparatlar (Uzgichlar, uzgichlar, ajratkichlar va boshqalar) o‘zaro turli tipdagi o‘tkazgichlar yordamida ulanib, ular elektroqurilmaning tok o‘tkazuvchi qismlarini hosil qiladi. 70-rasmda IEM, KES va podstansiyalar sxemalarining elementlari ajratkichlarsiz, sodda holda ko‘rsatilgan. IEM dagi generatorning zanjiri (70-rasm, a). Turbina bo‘limi chegarasida generatorning qisqichlaridan old tomon devori (AB bo‘lak) gacha bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlar shinali ko‘prik ko‘rinishida, qattiq ochiq alyuminiy shinalardan yoki fazalari bir-biridan to‘silgan tok o‘tkazuvchilar komplektlardan (quvvati 60 MVt li va undan ortiq generatorlarning zanjirlarida) tayyorlanadi. BV uchastkada turbina bo‘limi bilan bosh taqsimlagich qurilmasi (BTK) o‘rtasida shinali ko‘prik yoki egiluvchan osma tok o‘tkazuvchi qism bilan biriktiriladi. Yig‘ma shinalarni ham qo‘shganda yopiq 6-10 kV li TK ning ichidagi hamma ulanishlar to‘g‘ri to‘rtburchak yoki quticha kesimiga ega bo‘lgan qattiq ochiq alyuminiy shinalardan tayyorlanadi. BTK dan bog‘lovchi transformatorning chiqkichlarigacha (IK uchastka) ulanish, shinali ko‘prik yoki egiluvchan osma tok o‘tkazuvchi bilan amalga oshiriladi. 35 kV va undan yukori kuchlanishli TK ning tok o‘tkazuvchi kismlari odatda AS yoki ASO tipdagi po‘lat-alyuminiy simlardan tayyorlanadi. OTK ning ayrim tuzilishlarida shinalashning bir qismi yoki hammasi alyuminiy trubalaridan tayyorlanishi mumkin. O‘z ehtiyoji transformatorining zanjiri (70-rasm, a). BTK devoridan BTK yaqiniga o‘rnatilgan TO‘E ning chiqqichlarigacha ulanishlar qattiq alyuminiy shinalardan tayyorlanadi. Agar o‘z ehtiyoji transformatori bosh binoning old tomondagi devoriga o‘rnatilgan bo‘lsa, u holda GD uchastka egiluvchan tok o‘tkazuvchidan bajariladi. Transformatordan o‘z extiyojining taqsimlash qurilmasigacha (EJ uchastka) kabel bilan ulanish qo‘llaniladi. 6—10 kVli liniyalariing zanjirlarida reaktorgacha va undan keyingi, shuningdek, KTK shkaflaridagi hamma shinalar to‘g‘ri burchakli alyuminiy shinalaridan tayyorlangan. Iste’molchiga bevosita kabel liniyalari ketadi. KES dagi generator — transformator blokidagi AV bo‘lak va o‘z ehtiyoji transformatoriga payvandlangan bo‘lak VG (69-rasmg b) fazalari alohida to‘silgan tok o‘tkazuvchilar komplektidan tayyorlanadi. O‘ET dan o‘z ehtiyojining taqsimlagich kurilmasigacha bo‘lgan ED bo‘lak uchun 6 kV li yopiq tok o‘tkazuvchi qo‘llaniladi. O‘z ehtiyojining zaxira transformatori zanjiridagi JZ bo‘lak kabeldan yoki egiluvchan simdan tayyorlanishi mumkin. U yoki bu turdagi biriktirish usulini tanlash OTK, bosh bino va zaxira O‘ET ning o‘zaro joylashuviga bog‘liq. IEM dagi kabi 35 kV li va undan yuqori TK larda hamma shinalar AS yoki ASO simlari bilan bajariladi. Podstansiyalarning ochik joyida AS simdan yoki qattiq alyuminiy trubalardan tayyorlangan shinalar qo‘llanilish mumkin. Transformator yopiq 6-10 kV li TK yoki 6-10 kV li KTK bilan egiluvchan osma tok o‘tkazuvchi, shina ko‘prigi yoki yopiq tok o‘tkazuvchilar komplekti bilan birlashtiriladi. 6-10 kV li TK da qattiq shinalar qo‘llaniladi. Qattiq shinalar YUqorida aytilganidek, 6—10 kV li yopiq RU larda shinalar va yig‘ma shinalar qattiq alyuminiy shinalar bilan amalga oshiriladi. Mis shinalar qimmat bo‘lganligi uchun hatto katta tok yuklamalarida ham qo‘llanilmaydi. 3000 A gacha bo‘lgan toklarda bir va ikki yo‘lli (polosali) shinalar ishlatiladi. Katta qiymatli toklarda kesimi quticha ko‘rinishidagi shinalar tavsiya etiladi, chunki ular yaqinlik effekti va sirt effekti tufayli quvvat yo‘qotishini kamaytirish, shuningdek, sovitish sharoitlarini yaxshilash imkonini beradi. Masalan, 2650 A li tokda 60x10 mm o‘lchamdagi uch yo‘lli alyuminiy shinalar yoki ruxsat etiladigan toki 2670 A bo‘lganda 2x695 mm li quticha ko‘rinishidagi shinalar kerak bo‘ladi. Birinchi holda shinalarning umumiy kesimi 1800 mm2ni, ikkinchi holda 1390 mm2 ni tashkil etadi. Bu misoldan quticha ko‘rinishidagi shinalarda tokning ruxsat etiladigan zichligi ancha yuqori (1,47 A/mm2 o‘rniga 1,92 A/mm2) ekanligi ko‘rinadi. Yig‘ma shinalar va ulardan 6-10 kV li elektr apparatlariga boradigan tarmoqlar (shinalar) to‘g‘ri burchakli yoki quticha profilidagi o‘tkazgichlardan bajarilib, chinnidan tayyorlangan tayanch izolyatorlarga mahkamlanadi. SHinalarni izolyatorlarda mahkamlash uchun xizmat qiladigan shina tutqichlar shinalar qizigandagi cho‘zilishida ularni bo‘ylama siljishiga yo‘l qo‘yadi. SHinalarning uzunligi katta bo‘lganda, shina material kabi yupqa polosadan tayyorlangan kompensator o‘rnatiladi (71-rasm). SHinalarning uchlari izolyatorda bo‘ylama oval teshik orqali shpilka va prujinalovchi shayba bilan mahkamlanib, sirpanish imkoniyatiga ega. Apparatlarga birlashtirilgan joylarda shinalar bukiladi yoki kompensatorlar o‘rnatiladi, chunki issiqlik ta’sirida shinalarning uzayishidan hosil bo‘ladigan kuchlar apparatga ta’sir etmasligi kerak. 72-rasmda shinalarni izolyatorlarda joylashtirishning turli usullarining eskizlari keltirilgan. SHinalarni uzunligi bo‘yicha birlashtirish odatda payvandlash orqali amalga oshiriladi. Alyuminiy shinalarni apparatlarning mis (jez) qismalariga birlashtirish mis-alyuminiy elektrolit juftining hosil bo‘lishini oldini oladigan o‘tuvchi qismalar yordamida amalga oshiriladi. I ssiqlik uzatishni yaxshilash va ekspluatatsiyada qulaylik tug‘dirish uchun shinalar: o‘zgaruvchan tokda A faza-sariq, V faza-yashil, va S faza-qizil rangga bo‘yaladi; o‘zgarmas tokda musbat shina-qizil, manfiy faza esa havo rangga bo‘yaladi. Download 2.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling