Zbekiston respublikasining qonuni jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa


-modda. Qamoqda yoki jazoni o‘tash joylarida saqlanayotgan himoya qilinuvchi


Download 69.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/21
Sana05.01.2022
Hajmi69.78 Kb.
#217999
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21
Bog'liq
Protsessual Ishtirokchilar To'g'risida

14-modda. Qamoqda yoki jazoni o‘tash joylarida saqlanayotgan himoya qilinuvchi

shaxsga nisbatan qo‘shimcha xavfsizlik choralarini ta’minlash

Qamoqda  yoki  ozodlikni  cheklash,  ozodlikdan  mahrum  etish  yoxud  intizomiy  harbiy

qismda  saqlash  tarzidagi  jazoni  o‘tash  joylarida  saqlanayotgan  himoya  qilinuvchi  shaxsning

xavfsizligi unga nisbatan ushbu Qonun 6-moddasi birinchi qismining 1 va 7-bandlarida nazarda

tutilgan xavfsizlik choralarini qo‘llash orqali ta’minlanadi.

Ushbu  moddaning  birinchi  qismida  ko‘rsatilgan  shaxslarning  xavfsizligi  choralarini

ta’minlash maqsadida quyidagilar ham qo‘llanilishi mumkin:

1) himoya qilinuvchi shaxsni va zo‘ravonlik tahdidini keltirib chiqaruvchi shaxsni ular

ushlab turilganda, qamoqqa olinganda va ularga nisbatan jinoiy jazolar tayinlanganda boshqa-

boshqa qamoqda saqlash va jazoni o‘tash joylariga yuborish;

2) himoya qilinuvchi shaxsni yoki zo‘ravonlik tahdidini keltirib chiqaruvchi shaxsni bir

qamoqda saqlash joyidan va jazoni o‘tash joyidan boshqasiga o‘tkazish;

3)  himoya  qilinuvchi  shaxsni  va  zo‘ravonlik  tahdidini  keltirib  chiqaruvchi  shaxsni

alohida-alohida saqlash;

4) himoya qilinuvchi shaxsga nisbatan ehtiyot chorasini o‘zgartirish.

 LexUZ sharhi

Qo‘shimcha  ma’lumot  uchun  qarang:  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-ijroiya  kodeksining  11-

moddasi.


Download 69.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling