Zbekiston respublikasining qonuni jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa
-modda. Himoya qilishni ta’minlovchi davlat organlarining huquqlari
Download 69.78 Kb. Pdf ko'rish
|
Protsessual Ishtirokchilar To'g'risida
24-modda. Himoya qilishni ta’minlovchi davlat organlarining huquqlari
Himoya qilishni ta’minlash to‘g‘risida qaror qabul qiluvchi organlar quyidagi huquqlarga ega: davlat organlaridan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan, yuridik va jismoniy shaxslardan himoya qilishni ta’minlash to‘g‘risida o‘ziga nisbatan qaror qabul qilinadigan shaxslarning xavfsizligiga tahdid mavjudligi haqidagi arizalar (xabarlar) yuzasidan zarur ma’lumotlarni so‘rash hamda olish; protsessual harakatlarni amalga oshirish yoxud xavfsizlik choralarini ta’minlovchi organlarga zarur topshiriqlar berish; zarur bo‘lgan taqdirda, xavfsizlik choralarini ta’minlovchi organlardan hamda ijtimoiy himoya qilish choralarini ta’minlovchi organlardan himoya qilishning qo‘shimcha choralarini qo‘llashni talab qilish; xavfsizlik choralarini va ijtimoiy himoya qilish choralarini ta’minlovchi organlar bilan kelishuvga ko‘ra mazkur choralarni to‘liq yoki qisman bekor qilish. Xavfsizlik choralarini ta’minlovchi organlar quyidagi huquqlarga ega: zarur xavfsizlik choralarini tanlab olish, ularni qo‘llash usullarini aniqlash, qo‘llaniladigan xavfsizlik choralarini zarur bo‘lgan hollarda o‘zgartirish va ularga qo‘shimchalar kiritish; himoya qilinuvchi shaxslardan ularga nisbatan xavfsizlik choralarini qo‘llash shartlariga rioya etilishini, mazkur choralarni qo‘llash bilan bog‘liq qonuniy farmoyishlarning bajarilishini talab qilish; jinoyat ishini yuritayotgan tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi, surishtiruv, dastlabki tergov organlariga, prokurorga yoki sudga protsessual harakatlarni amalga oshirish chog‘ida xavfsizlik choralarini qo‘llash haqidagi yoxud ularni bekor qilish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan murojaat etish; tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazish. Ijtimoiy himoya qilish choralarini ta’minlovchi organlar quyidagi huquqlarga ega: himoya qilishni ta’minlash to‘g‘risida qaror qabul qilgan organlardan hamda himoya qilinuvchi shaxslardan ijtimoiy himoya qilish choralarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha ma’lumotlarni so‘rab olish; ijtimoiy himoya qilish choralarini qo‘llashni istisno etuvchi holatlar aniqlangan taqdirda, himoya qilishni ta’minlash to‘g‘risida qaror qabul qilgan organlarga mazkur choralarni bekor qilish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan murojaat etish.
Download 69.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling