21-modda. Himoya qilishni ta’minlash to‘g‘risidagi qarorlar ijrosining majburiyligi
Organlarning o‘z vakolatlariga muvofiq qabul qilinadigan himoya qilishni ta’minlash
to‘g‘risidagi qarorlari mazkur qarorlar yuborilgan organlar va tashkilotlar tomonidan ijro
etilishi majburiydir.
4-bob. Himoya qilinuvchi shaxslarning hamda himoya qilishni ta’minlovchi davlat
organlarining huquq va majburiyatlari
22-modda. Himoya qilinuvchi shaxslarning huquqlari
Himoya qilinuvchi shaxslar quyidagi huquqlarga ega:
shaxsiy va mulkiy xavfsizligini, shuningdek ushbu Qonun 4-moddasining ikkinchi
qismida ko‘rsatilgan shaxslarning shaxsiy va mulkiy xavfsizligini ta’minlashni talab qilish;
ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda ijtimoiy himoya qilish choralari
qo‘llanilishini talab qilish;
o‘ziga nisbatan, shuningdek ushbu Qonun 4-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilgan
shaxslarga nisbatan xavfsizlik choralarining qo‘llanilishi va xususiyati haqida bilish;
qo‘shimcha xavfsizlik choralarini qo‘llash haqidagi yoxud ularni bekor qilish
to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat etish;
himoya qilishni ta’minlovchi davlat organlarining qarorlari, ular mansabdor
shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan yuqori turuvchi organga, prokurorga yoki
sudga shikoyat qilish;
xavfsizlik choralarini ta’minlovchi organga psixologik yordam olish uchun murojaat
etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |