Zbekiston respublikasining qonuni jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa


-modda. Ijtimoiy himoya qilish choralarini qo‘llash asoslari


Download 69.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/21
Sana05.01.2022
Hajmi69.78 Kb.
#217999
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21
Bog'liq
Protsessual Ishtirokchilar To'g'risida

17-modda. Ijtimoiy himoya qilish choralarini qo‘llash asoslari

Himoya qilinuvchi shaxsning jinoyat protsessida ishtirok etishi munosabati bilan halok

bo‘lganligi  (vafot  etganligi),  unga  tan  jarohati  yoki  uning  sog‘lig‘iga  boshqacha  ziyon

yetkazilganligi,  mulkiy  zarar  yetkazilganligi  ijtimoiy  himoya  qilish  choralarini  qo‘llash  uchun

asos bo‘ladi.

18-modda. Xavfsizlik choralarini qo‘llash tartibi

Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi, surishtiruv, dastlabki tergov organlari,

prokuror,  sud  ushbu  Qonunning  4-moddasida  ko‘rsatilgan  shaxsni  o‘ldirish,  unga  zo‘rlik

ishlatish,  uning  mol-mulkini  yo‘q  qilish  yoki  mol-mulkiga  shikast  yetkazish  yoxud  unga

nisbatan boshqacha g‘ayriqonuniy qilmish sodir etilishi tahdidi mavjudligi to‘g‘risidagi arizani

(xabarni)  olgach,  ushbu  arizani  (xabarni)  tekshirib  ko‘rishi  va  bu  shaxsga  nisbatan  xavfsizlik

choralarini  qo‘llash  to‘g‘risida  yoxud  ularni  qo‘llashni  rad  etish  haqida  uch  sutka  ichida,

kechiktirib  bo‘lmaydigan  hollarda  esa  darhol  qaror  (ajrim)  qabul  qilishi  shart.  Qaror  (ajrim)

chiqarilgan  kunning  o‘zida  xavfsizlik  choralarini  ta’minlovchi  organga  ijro  etish  uchun,

shuningdek o‘ziga nisbatan mazkur qaror (ajrim) chiqarilgan shaxsga yuboriladi.

Xavfsizlik  choralarini  qo‘llash  haqidagi  yoki  ularni  qo‘llashni  rad  etish  to‘g‘risidagi

qaror  (ajrim)  ustidan  yuqori  turuvchi  organga,  prokurorga  yoki  sudga  shikoyat  qilinishi

mumkin. Shikoyat berilgan paytdan e’tiboran yigirma to‘rt soat ichida ko‘rib chiqilishi lozim.

Xavfsizlik  choralarini  ta’minlovchi  organ  ushbu  Qonunda  nazarda  tutilgan  zarur

xavfsizlik  choralarini  tanlab  oladi  va  ularning  qo‘llanilish  usullarini  aniqlaydi.  Himoya

qilinuvchi  shaxsga  uning  xavfsizligi  maqsadida  rioya  etilishi  shart  bo‘lgan  ko‘rsatmalar

beriladi.  Himoya  qilinuvchi  shaxsning  iltimosnomasiga  ko‘ra  ko‘rsatmalarga  faqat  xavfsizlik

choralarini ta’minlovchi organning roziligi bilan o‘zgartishlar kiritilishi mumkin.

Qo‘llanilayotgan  xavfsizlik  choralari  himoya  qilinuvchi  va  boshqa  shaxslarning  uy-

joyga, mehnatga, pensiyaga oid huquqlarini va boshqa huquqlarini cheklamasligi kerak.

Xavfsizlik  choralarini  ta’minlovchi  organ  tanlangan  xavfsizlik  choralari,  ularni

o‘zgartirish, ularga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida va ko‘rsatilgan choralarni qo‘llash natijalari

haqida  jinoyat  to‘g‘risidagi  ariza  (xabar)  yoxud  jinoyat  ishi  o‘z  yurituvida  bo‘lgan  tergovga

qadar  tekshiruvni  amalga  oshiruvchi,  surishtiruv,  dastlabki  tergov  organini,  prokurorni  yoki




sudni  xabardor  qiladi,  himoya  qilinuvchi  shaxsning  xavfsizligiga  tahdid  bartaraf  etilgan

taqdirda esa, xavfsizlik choralarini bekor qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritadi.

Zarur  bo‘lgan  taqdirda,  xavfsizlik  choralarini  ta’minlovchi  organ  himoya  qilinuvchi

shaxs bilan xavfsizlik choralarini qo‘llash shartlari, taraflarning o‘zaro majburiyatlari va o‘zaro

javobgarligi haqida yozma shaklda kelishuv tuzadi.

Voyaga yetmaganlar yoxud o‘zining jismoniy yoki ruhiy holatiga ko‘ra o‘z huquqlari va

manfaatlarini  mustaqil  ravishda  amalga  oshirish  imkoniyatidan  mahrum  bo‘lgan  shaxslarga

nisbatan  xavfsizlik  choralarini  qo‘llash  ularning  qonuniy  vakillarini  jalb  etgan  holda  amalga

oshiriladi. Qonuniy vakillar o‘zlari vakillik qilayotgan jismoniy shaxslar bilan ushbu Qonunda

nazarda tutilgan doirada bir xil huquqlarga ega bo‘ladi.




Download 69.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling