Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish
-BOB. UNDIRILGAN PUL SUMMALARINI TAQSIMLASh VA UNDIRUVChI
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
258-II 29.08.2001
- Bu sahifa navigatsiya:
- 79-modda. Undiruvchilarning talablarini qanoatlantirish navbati
- 80-modda. Undiruvlar navbati
10-BOB. UNDIRILGAN PUL SUMMALARINI TAQSIMLASh VA UNDIRUVChI
TALABLARINI QANOATLANTIRIShNING NAVBATI 78-modda. Undirilgan pul summasini taqsimlash Oldingi tahrirga qarang. Davlat ijrochisi qarzdordan undirgan, shu jumladan uning mol-mulkini realizatsiya qilish yo‘li bilan olgan pul summasidan ijro hujjatini ijro etish jarayonida qarzdorga solingan jarimalar to‘lanadi, ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlari qoplanadi. Qolgan pul summasidan undiruvchining talablarini qanoatlantirish va qarzdordan undirilgan pul summasiga mutanosib ravishda ijro yig‘imini qoplash uchun foydalaniladi. (78-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) Undiruvchining barcha talablari qanoatlantirilgandan keyin qolgan pul summasi qarzdorga qaytariladi. 79-modda. Undiruvchilarning talablarini qanoatlantirish navbati Qarzdordan undirilgan pul summasi ijro hujjatlari bo‘yicha barcha talablarni qanoatlantirish uchun yetarli bo‘lmasa, bu summa undiruvchilar o‘rtasida ushbu Qonunning 80- moddasida belgilangan navbat bo‘yicha taqsimlanadi. Har bir keyingi navbatdagi talablar o‘zidan oldingi navbatdagi talablar to‘liq qondirilgandan keyin qanoatlantiriladi. Undirilgan summa bir navbatdagi barcha talablarni to‘la qanoatlantirish uchun yetarli bo‘lmasa, ular har bir undiruvchiga tegishli summaga mutanosib ravishda qanoatlantiriladi. 80-modda. Undiruvlar navbati Birinchi navbatda: budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha talablar; mehnatga oid munosabatlardan kelib chiqadigan talablar; alimentlar undirish bo‘yicha talablar; mualliflik shartnomalari bo‘yicha haqlarni to‘lash bo‘yicha talablar; hayotga yoki sog‘liqqa yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha talablar; advokatlar tomonidan ko‘rsatilgan yuridik yordam haqini to‘lash bo‘yicha talablar qanoatlantiriladi. Ikkinchi navbatda: ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha talablar; jinoyat yoki ma’muriy huquqbuzarlik oqibatida jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkiga yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha talablar qanoatlantiriladi. Uchinchi navbatda majburiy sug‘urta organlarining talablari qanoatlantiriladi. Oldingi tahrirga qarang. To‘rtinchi navbatda kreditorlarning mol-mulk bilan ta’minlangan talablari qanoatlantiriladi. (80-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-572- sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son) Oldingi tahrirga qarang. Beshinchi navbatda kreditorlarning mol-mulk bilan ta’minlanmagan talablari qanoatlantiriladi. (80-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-572- sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son) Oltinchi navbatda qolgan barcha talablar qanoatlantiriladi. Oldingi tahrirga qarang. Qarzdorga bir necha talablar (ijro hujjatlari) bo‘yicha solingan ijro yig‘imlari ushbu moddaning birinchi — oltinchi qismlarida belgilangan tegishli talabni qanoatlantirish uchun mo‘ljallangan ketma-ketlikka muvofiq undiriladi. Bunda qarzdorga nomulkiy xususiyatdagi ijro hujjatlari bo‘yicha solingan ijro yig‘imlari, shuningdek qonunda belgilangan muddatda realizatsiya qilinmagan mol-mulk mulkiy xususiyatdagi ijro hujjatlari bo‘yicha undiruvchiga o‘tkazilgan hollarda birinchi navbatdagi talablarga tenglashtiriladi. (80-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi O‘RQ-199-sonli Qonuniga asosan yettinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda) Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling