Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/74
Sana18.06.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1554721
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   74
Bog'liq
258-II 29.08.2001

42
1
-modda. Qarzdor jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasidan chiqishini 
vaqtincha cheklash
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Sud hujjati asosida berilgan ijro hujjatidagi yoki ijro hujjati bo‘lgan sud hujjatidagi talablar 
belgilangan muddatda qarzdor jismoniy shaxs tomonidan uzrsiz sabablarga ko‘ra ijro etilmaganda, 
davlat ijrochisi undiruvchining arizasi bo‘yicha yoki o‘z tashabbusi bilan qarzdor jismoniy 
shaxsning O‘zbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash to‘g‘risida qaror chiqarishga 
haqli, bundan jarima tariqasidagi jinoiy jazo bo‘yicha ijro ishini yuritish hollari mustasno.
(42
1
-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-apreldagi O‘RQ-762-
sonli 
Qonuni
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 03/22/762/0290-son) 


Oldingi
 tahrirga qarang. 
Davlat ijrochisining qarzdor jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasidan chiqishini 
vaqtincha cheklash to‘g‘risidagi qarori katta davlat ijrochisi tomonidan tasdiqlanadi. Mazkur 
qarorning ko‘chirma nusxalari qarzdor jismoniy shaxsga (agar uning turgan joyi ma’lum bo‘lsa), 
ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limiga (boshqarmasiga) 
hamda Davlat chegarasini qo‘riqlash organlariga yuboriladi.
(42
1
-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son) 
Agar ijro hujjati sud hujjati bo‘lmasa va sud hujjati asosida berilmagan bo‘lsa, undiruvchi 
qarzdor jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklashni belgilash 
to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qilishga haqli.
Davlat ijrochisining qarzdor jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasidan chiqishini 
vaqtincha cheklash to‘g‘risidagi qarori ustidan shikoyat qilinishi yoki protest keltirilishi mumkin.
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Qarzdor jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklashga 
asos bo‘lgan ijro hujjatining talablari amalda ijro etilganda yoxud u bo‘yicha ijro ishi yuritish ushbu 
Qonunda belgilangan asoslarga ko‘ra tugatilganda yoki tamomlanganda, davlat ijrochisi keyingi 
kundan kechiktirmasdan qarzdor jismoniy shaxsni, ichki ishlar organlarini va Davlat chegarasini 
qo‘riqlash organlarini qarzdor jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasidan chiqishini cheklash 
olib tashlanganligi to‘g‘risida yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi.
(42
1
-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Voyaga yetmagan bolalar ta’minoti uchun alimentlar oldindan to‘langan yoki aliment 
to‘lash majburiyatini ta’minlash uchun garov shartnomasi tuzilgan bo‘lsa, davlat ijrochisi to‘lov 
yoki garov shartnomasi to‘g‘risidagi tegishli hujjat olingan kunning ertasidan kechiktirmasdan 
manfaatdor shaxslarni, ichki ishlar organlarini va Davlat chegarasini qo‘riqlash organlarini qarzdor 
jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasidan chiqishini cheklash olib tashlanganligi to‘g‘risida 
yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi. Bunda garov qiymati qonunchilikda belgilangan 
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz ellik baravaridan kam bo‘lmasligi lozim. 
(42
1
-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Alimentlarni oldindan to‘lash, shuningdek chiqib ketishga cheklashni olib tashlash uchun 
aliment to‘lash majburiyatini ta’minlash bo‘yicha garov shartnomasini tuzish tartibi O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Qarzdor jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklashni 
ta’minlash yuzasidan davlat ijrochilarining, ichki ishlar organlari va Davlat chegarasini qo‘riqlash 
organlarining hamkorligi tartibi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi 
va Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan belgilanadi.
(42
1
-moddasining sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi O‘RQ-
522-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 
2-son, 47-modda) 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling