Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/74
Sana18.06.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1554721
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   74
Bog'liq
258-II 29.08.2001

55-modda. Mol-mulkni saqlash 
Oldingi
 tahrirga qarang. 


Qarzdorning mol-mulki saqlash uchun qarzdorga yoki davlat ijrochisi tayinlagan boshqa 
shaxslarga (bundan buyon matnda saqlovchi deb yuritiladi) mol-mulkni xatlash dalolatnomasiga 
imzo qo‘ydirgan holda topshiriladi. Davlat ijrochisi xatlangan mol-mulkni saqlash uchun qaysi 
saqlovchiga topshirgan bo‘lsa, o‘sha saqlovchi davlat ijrochisining yozma ravishdagi roziligisiz bu 
mol-mulkdan foydalanishi mumkin emas. Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysiga yoki 
investitsiya vositachisiga saqlash uchun topshirilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha, shuningdek mol-
mulkning xossalariga ko‘ra, undan foydalanish uning yo‘q bo‘lib ketishiga yoki qimmati 
pasayishiga olib kelgan taqdirda, davlat ijrochisi bunday rozilikni berishga haqli emas. Agar mazkur 
mol-mulkdan foydalanish uning saqlanishini ta’minlash uchun zarur bo‘lsa, davlat ijrochisining 
roziligi talab etilmaydi. 
(55-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) 
Saqlovchi, agar qarzdor uning o‘zi yoki uning oila a’zolari (qarzdor yuridik shaxs bo‘lsa, 
uning xodimi) bo‘lmasa, saqlaganligi uchun tegishli haq oladi. Saqlovchining mol-mulkni saqlash 
uchun qilgan zarur xarajatlari ham mazkur mol-mulkdan foydalanish orqali amalda olgan foydasi 
chegirib tashlangan holda qoplanadi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Xatlangan avtomototransport vositasi auksion o‘tkazilguniga qadar davlat ijrochisi 
tomonidan belgilanadigan, uning asralishi uchun tegishli sharoitlar ta’minlanadigan maxsus 
ajratilgan joylarda (saqlash joylarida, omborlarda, vakolatli organlar va boshqa tashkilotlarning 
jarima maydonlarida) saqlanadi. 
(55-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) 
Xatlangan va olib qo‘yilgan mol-mulkni saqlash 
tartibi
hamda shartlari O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling