Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish
-modda. Ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlarini qoplash tartibi
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
258-II 29.08.2001
77-modda. Ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlarini qoplash tartibi
Oldingi tahrirga qarang. Ijro harakatlarini amalga oshirishga ketgan xarajatlar qarzdordan undirilib, davlat ijrochilarining depozit hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. Ushbu Qonun 40-moddasining oltinchi qismida nazarda tutilgan hollarda ijro hujjatini ijro etish uchun qilingan xarajatlar undiruvchidan undiriladi. Ko‘rsatilgan hollarda xarajatlarni undirish davlat ijrochisining qarori asosida amalga oshiriladi. Davlat ijrochisi qarorining nusxasi taraflarga uch kunlik muddatda yuboriladi. Davlat ijrochisining qarori yuzasidan sudga shikoyat berish yoki protest bildirish mumkin. Ushbu Qonun 42-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda qarzdorni yoki uning mol-mulkini qidirishga ketgan xarajatlarni qoplashni qarzdor rad etgan yoki undan bo‘yin tovlagan taqdirda, ularni qoplash to‘g‘risidagi masala undiruvchining arizasiga binoan yoki davlat ijrochisining tashabbusi bilan sud tartibida hal qilinadi. Bunda undiruvchi yoki davlat ijrochisi davlat boji to‘lashdan ozod etiladi. (77-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) Oldingi tahrirga qarang. 77 1 -modda. Ijro yig‘imi Oldingi tahrirga qarang. Davlat ijrochisi tomonidan ijro hujjatlarini majburiy ijro etish bo‘yicha harakatlar amalga oshirilganligi uchun qarzdordan ijro yig‘imi undiriladi. (77 1 -moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) Oldingi tahrirga qarang. Davlat ijrochisining ijro yig‘imini undirish to‘g‘risidagi qarori mazkur qaror qaysi ijro ishi yuritish yuzasidan chiqarilgan bo‘lsa, o‘sha ijro ishiga qo‘shib qo‘yiladi va alohida ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atmasdan ijro etiladi. (77 1 -moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) Oldingi tahrirga qarang. Ijro yig‘imining miqdori va undirilish tartibi qonunchilikda belgilanadi. (77 1 -moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683- sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) LexUZ sharhi Qarang: sud amaliyoti. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling