Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish


-modda. Undiruv qaratilishi mumkin bo‘lmagan mol-mulk


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/74
Sana25.01.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1122702
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   74
Bog'liq
258-II 29.08.2001

52-modda. Undiruv qaratilishi mumkin bo‘lmagan mol-mulk 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Ijro hujjatlari bo„yicha undiruv qarzdor jismoniy shaxsga mulk huquqi asosida tegishli 
bo„lgan yoki uning umumiy mulkdagi ulushi bo„lgan yagona uyga (kvartiraga), agar qarzdor va 
(yoki) uning oila a‟zolari unda doimiy ravishda yashayotgan bo„lsa qaratilmaydi, ijro hujjatida 
undiruvni mazkur uyga (kvartiraga) qaratish nazarda tutilgan yoxud ushbu mol-mulk majburiyat 
bo„yicha garov narsasi bo„lgan hollar bundan mustasno. Undiruv boshqa uylarga (kvartiralarga), 
ularda qarzdor va (yoki) uning oila a‟zolari yoxud o„zga shaxslar doimiy ravishda yashab turgan-
turmaganligidan qat‟i nazar, qaratilishi mumkin. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 


Undiruvchi yoki davlat ijrochisining arizasiga ko„ra, undiruv sud tomonidan qarzdorning 
yagona uyiga (kvartirasiga) yoxud uy hududidagi alohida turgan binoga yoki uyning muayyan 
qismiga, agar sud uyni (kvartirani), shu jumladan unga tutash hududni qismlarga bo„lish mumkin, 
qarzdor tasarrufida qolgan qismi esa qarzdor va uning oila a‟zolari normal turmush kechirishi uchun 
yetarli deb topgan taqdirda, qaratilishi mumkin. 
(52-moddaning ikkinchi qismi O„zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O„RQ-551-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) 
Ro„yxati
O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan, 
qarzdor va uning oila a‟zolari normal turmush kechirishi uchun zarur bo„lgan uy anjomlari va 
jihozlari, kiyimlar hamda boshqa buyumlarga ijro hujjatlari bo„yicha undiruv qaratilishi mumkin 
emas. 
Investor bilan davlat mulkini boshqarish bo„yicha vakolatli davlat organi o„rtasida tuzilgan 
investitsiya shartnomasiga muvofiq investitsiya majburiyatlari sifatida kiritilayotgan mablag„lar va 
boshqa mol-mulk investitsiya davri mobaynida qarzdorning ilgari yuzaga kelgan qarzini uzish 
hisobiga majburiy tartibda undirib olinmaydi. 
(52-moddaning matni O„zbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi O„RQ-199-sonli 
Qonuni 
tahririda — O„R QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda)

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling