Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/74
Sana25.01.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1122702
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   74
Bog'liq
258-II 29.08.2001

mol-mulkiga qaratish
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Undiruvni qarzdorning O„zbekiston Respublikasidan tashqarida turgan mol-mulkiga, shu 
jumladan uning chet el banklaridagi pul mablag„lariga qaratish O„zbekiston Respublikasining 
qonunchiligi hamda xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi. 
(50-moddaning matni O„zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O„RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma‟lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang. 
51-modda. Undiruvni qarzdorning majburiyatlar bajarilishining ta’minoti sifatida 
turgan mol-mulkiga qaratish
Qarzdorning boshqa mol-mulki ushbu mol-mulk bilan ta‟minlanmagan, qarzdorga 
qo„yilgan barcha talablarni to„liq qanoatlantirish uchun yetarli bo„lmagan taqdirda, talablari mazkur 
mol-mulk bilan ta‟minlangan kreditorning belgilangan huquqlariga, shuningdek ushbu Qonunning 
6-bobida 
nazarda tutilgan qoidalarga rioya etilgan holda undiruv qarzdorning majburiyatlari 
bajarilishining ta‟minoti sifatida turgan mol-mulkiga qaratilishi mumkin. Qarzdorning 
majburiyatlari bajarilishining ta‟minoti sifatida turgan mol-mulk xatlab qo„yilganda davlat ijrochisi 
xatlash amalga oshirilganidan keyin uch kunlik muddatda bu haqda talablari ushbu mol-mulk bilan 
ta‟minlangan kreditorlarga bildirishnoma yuboradi.
Qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta‟minoti sifatida turgan mol-mulkini 
realizatsiya qilishdan tushgan summa undiruv mazkur mol-mulkka qaratilishi, uni realizatsiya qilish 
va kreditorlarning ushbu mol-mulk bilan ta‟minlangan, undirish uchun bildirilgan talablarini 
qanoatlantirish munosabati bilan qilingan xarajatlarning o„rnini qoplash uchun zarur summalar 
ushlab qolinganidan keyin ushbu Qonunda belgilangan tartibda taqsimlanadi.
Agar qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta‟minoti sifatida turgan mol-mulkini 
realizatsiya qilishdan tushgan summa kreditorlarning ushbu mol-mulk bilan ta‟minlangan talablarini 
to„liq qanoatlantirish uchun yetarli bo„lmay qolsa, u holda ko„rsatilgan talablarning qolgan qismi 
ushbu Qonunning 
80-moddasida 
belgilangan navbatga muvofiq qanoatlantiriladi.
Agar undiruv qarzdorning mol-mulki bilan ta‟minlangan talablarni qanoatlantirish uchun 
qaratilgan bo„lsa, u holda undiruv qarzdorning boshqa mol-mulki mavjudligidan yoki mavjud 
emasligidan qat‟i nazar, birinchi navbatda qarzdorning majburiyatlar bajarilishining ta‟minoti 
sifatida berilgan tegishli mol-mulki predmetiga qaratiladi. 
(51-modda O„zbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi O„RQ-572-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling