Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish


-modda. Qarzdor yuridik shaxs qayta tashkil etilganda va tugatilganda undiruvni


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/74
Sana25.01.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1122702
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   74
Bog'liq
258-II 29.08.2001

62-modda. Qarzdor yuridik shaxs qayta tashkil etilganda va tugatilganda undiruvni 
qaratish tartibi
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Qarzdor yuridik shaxs qayta tashkil etilgan (qo„shib yuborilgan, qo„shib olingan, 
bo„lingan, ajratib chiqarilgan, o„zgartirilgan) taqdirda, ijro hujjatlari bo„yicha undiruv qarzdor 
yuridik shaxsning majburiyatlari yuzasidan qonunchilikka muvofiq zimmasiga javobgarlik 
yuklatilgan yuridik shaxsning pul mablag„lari va boshqa mol-mulkiga qaratiladi. 
(62-moddaning birinchi qismi O„zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O„RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma‟lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Iqtisodiy sudning qarzdorni bankrot deb topish va tugatish ishini yuritishni ochish 
to„g„risidagi qarorining ko„chirma nusxasi olinganda, shuningdek ro„yxatdan o„tkazuvchi organdan 
qarzdorning ixtiyoriy tugatish jarayonida ekanligi to„g„risida xabarnoma olinganda davlat ijrochisi 
ijro ishi yuritishni tamomlaydi, bundan mulk huquqini e‟tirof etish to„g„risidagi, ma‟naviy ziyonni 
kompensatsiya qilish haqidagi, mol-mulkni o„zga shaxsning qonunsiz egaligidan talab qilib olish 
to„g„risidagi, asossiz orttirilgan boylikni qaytarish to„g„risidagi, bitimlarni haqiqiy emas deb topish 
va ularning haqiqiy emasligi oqibatlarini qo„llash haqidagi ijro ishi yuritishlar mustasno. Ijro ishi 
yuritishni tugatish bilan bir vaqtda davlat ijrochisi ijro ishi yuritish davomida qarzdorning mol-
mulkiga o„zi qo„ygan xatlovlarni va ushbu mol-mulkni tasarruf qilishga doir boshqa cheklovlarni 
olib tashlaydi. 
(62-moddaning ikkinchi qismi O„zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O„RQ-551-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Ijro ishi yuritish tamomlangan ijro hujjatlari davlat ijrochisining ijro ishi yuritishni 
tamomlash to„g„risidagi qarorining ko„chirma nusxasi bilan birgalikda ijro ishi yuritish 
tamomlangan kundan e‟tiboran uch ish kuni ichida tugatuvchiga yuboriladi. Davlat ijrochisi ijro 
hujjati tugatuvchiga yuborilganligi haqida undiruvchiga ma‟lum qiladi. 
(62-moddaning uchinchi qismi O„zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O„RQ-551-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling