Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish


-modda. Ijro hujjatida ko‘rsatilgan ashyolarni undiruvchiga topshirish


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/74
Sana25.01.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1122702
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   74
Bog'liq
258-II 29.08.2001

57-modda. Ijro hujjatida ko‘rsatilgan ashyolarni undiruvchiga topshirish
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Ijro hujjatida ko„rsatilgan ashyolar undiruvchiga topshirilgan taqdirda davlat ijrochisi bu 
ashyolarni qarzdordan olib qo„yadi va topshirish dalolatnomasini tuzib, ularni undiruvchiga 
topshiradi. 
(57-moddaning birinchi qismi O„zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O„RQ-551-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) 
Olib berilishi lozim bo„lgan ashyolar yo„qotilganligi yoki undiruvchi ularni olishdan bosh 
tortganligi yoxud hozir bo„lish haqida bir necha bor taklif qilinishiga qaramasdan uning ashyolarni 
olish uchun kelmaganligi sababli ijro etishning imkoni bo„lmagan taqdirda, ashyolar qarzdorga 
qaytariladi, ijro ishi yuritish esa undiruvchiga ijro hujjatini qaytarish bilan tamomlanadi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Ijro hujjatida ko„rsatilgan hujjatsiz qimmatli qog„ozlar undiruvchiga topshirilgan taqdirda 
davlat ijrochisi mazkur qimmatli qog„ozlarga bo„lgan huquqlarni hisobga oluvchi shaxs tomonidan 
qarzdorning hisobidan chiqarilishi va ularni undiruvchining hisobiga o„tkazilishi to„g„risida qaror 
chiqaradi. 
(57-moddaning uchinchi qismi O„zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O„RQ-551-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) 
6-BOB. UNDIRUVNI QARZDOR YuRIDIK ShAXSNING MOL-MULKIGA 
QARATIShNING XUSUSIYATLARI. QARZDOR YuRIDIK ShAXSNING MOL-MULKINI 
XATLASh VA REALIZATSIYA QILISh
58-modda. Undiruvni qarzdor yuridik shaxsning pul mablag‘lariga qaratish
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Qarzdor yuridik shaxs kassasining seyflarida saqlanayotgan va bu kassaning alohida 
ajratilgan xonasida yoki qarzdor yuridik shaxsning boshqa binolarida bo„lgan so„mdagi va chet el 
valyutasidagi naqd pul mablag„lari ular aniqlanishi bilanoq, qarzni uzish ijro yig„imi va ijro 
bo„yicha xarajatlarni qoplash uchun zarur bo„lgan miqdorda darhol olib qo„yilishi lozim. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 


Olib qo„yilgan so„mdagi pul mablag„lari ertasi kundan kechiktirmay qarzga teng miqdorda 
undiruvchining hisobvarag„iga o„tkazish uchun bankka topshiriladi. Ijro yig„imi summalari, 
shuningdek ijro xarajatlarining o„rnini qoplash uchun mo„ljallangan summalar davlat ijrochilarining 
depozit hisobvarag„iga o„tkazilib, so„ngra ijro xarajatlarining o„rni ushbu summa hisobidan 
qoplanadi.
(58-moddaning ikkinchi qismi O„zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O„RQ-551-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Davlat ijrochisi qarzdor yuridik shaxsning banklardagi va boshqa kredit tashkilotlaridagi 
hisobvaraqlarida va omonatlarida turgan yoki saqlanayotgan pul mablag„larini xatlash choralarini 
ko„radi. 
(58-moddaning uchinchi qismi O„zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O„RQ-551-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling