Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish


-modda. Xatlangan mol-mulkni realizatsiya qilish


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/74
Sana25.01.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1122702
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   74
Bog'liq
258-II 29.08.2001

56-modda. Xatlangan mol-mulkni realizatsiya qilish 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Qarzdorning xatlangan mol-mulkini realizatsiya qilish, agar qonunchilikda boshqacha hol 
nazarda tutilgan bo„lmasa, xatlash asoslari va mol-mulk turlaridan qat‟i nazar, xatlangan kundan 
e‟tiboran ikki oy ichida uni sotish orqali amalga oshiriladi, qonunga muvofiq muomaladan 
chiqarilgan mol-mulk bundan mustasno. 
(56-moddaning birinchi qismi O„zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O„RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma‟lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarzdorning mol-mulkini realizatsiya qilish shartnoma-vositachilik asoslarida yoxud 
elektron onlayn-auksionlarda amalga oshiriladi, ushbu moddaning 
uchinchi qismida 
ko„rsatilgan 
hollar bundan mustasno. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Avtomototransport vositalarini, ko„chmas mulkni, shu jumladan yer uchastkasini, qurilishi 
tugallanmagan obyektlarni, ko„chmas mulkni uzoq muddatli ijaraga olish huquqlarini, yer 
uchastkasiga nisbatan mulkiy huquqlarni, intellektual faoliyat natijalariga va xususiy alomatlarini 
aks ettiruvchi vositalarga bo„lgan mulkiy huquqlarni realizatsiya qilish qonunchilikda belgilangan 
tartibda vakolatli operator tomonidan elektron onlayn-auksionlarda amalga oshiriladi. 
(56-moddaning uchinchi qismi O„zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O„RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma‟lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Mol-mulkni shartnoma-vositachilik asoslarida realizatsiya qiladigan savdo tashkilotlarini 
tanlash O„zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan belgilangan tartibda o„tkaziladigan 
tanlov asosida amalga oshiriladi.
Agar savdo tashkilotlariga realizatsiya qilish uchun topshirilgan mol-mulk u topshirilgan 
kundan e‟tiboran o„ttiz kun ichida realizatsiya qilinmasa, mazkur mol-mulk davlat ijrochisi 
tomonidan quyidagi tartibda arzonlashtirilishi kerak:
davlat soliq xizmati organi va moliya organi vakillari ishtirokida mol-mulk qiymatining 10 
foizidan oshmagan miqdorda — davlat daromadiga undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari 
bo„yicha;
mol-mulk qiymatining 10 foizi miqdorida — boshqa ijro hujjatlari bo„yicha.
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Mol-mulk arzonlashtirilganda davlat ijrochisi belgilangan tartibda dalolatnoma tuzadi
shundan so„ng arzonlashtirilgan mol-mulk savdo tashkilotlariga takroran realizatsiya qilish uchun 
topshiriladi. Qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta‟minoti sifatida turgan mol-mulkni ushbu 


mol-mulk bilan ta‟minlangan qarzni undirish to„g„risidagi ijro hujjatlari bo„yicha realizatsiya qilish 
chog„ida mol-mulkni arzonlashtirish amalga oshirilmaydi va ushbu mol-mulk birinchi marta 
baholangan narx bo„yicha savdo tashkiloti tomonidan qayta realizatsiya qilish uchun topshiriladi.
(56-moddaning oltinchi qismi O„zbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi O„RQ-572-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Mol-mulk takroriy elektron onlayn-auksionlarda realizatsiya qilinmaganligi munosabati 
bilan vakolatli operator tomonidan qaytarilgan taqdirda yoki takroran realizatsiya qilish uchun 
savdo tashkilotlariga topshirilgan boshqa mol-mulk o„ttiz kun mobaynida realizatsiya qilinmagan 
taqdirda, u mol-mulk narxining 10 foiziga arzonlashtirilgan narxda undiruvchiga taklif qilinadi
davlat daromadiga ijro hujjatlari bo„yicha undirish qaratilgan mol-mulk esa ushbu moddada 
belgilangan tartibda yana arzonlashtirilishi va realizatsiya qilishga topshirilishi lozim. Qarzdorning 
majburiyatlari bajarilishining ta‟minoti sifatida turgan mol-mulk ushbu mol-mulk bilan 
ta‟minlangan qarzni undirish to„g„risidagi ijro hujjatlari bo„yicha realizatsiya qilinmagan taqdirda, 
davlat ijrochisi undiruvchiga takroriy auksion savdosidagi yoki savdo tashkilotlari tomonidan qayta 
realizatsiya qilish chog„idagi boshlang„ich sotish narxidan 10 foiz kamroq summadagi mol-mulkni 
o„zida qoldirishni taklif qiladi.

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling