Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/74
Sana25.01.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1122702
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   74
Bog'liq
258-II 29.08.2001

(56-moddaning yettinchi qismi O„zbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi O„RQ-572-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)
Qimmatli qog„ozlar qimmatli qog„ozlarning birja bozorlarida va uyushgan birjadan 
tashqari bozorlarida realizatsiya qilinishi kerak. Ular davlat ijrochisi bilan tuzilgan shartnoma 
asosida faoliyat yurituvchi investitsiya vositachisi — broker tomonidan kimoshdi savdosiga 
qo„yiladi. Qimmatli qog„ozlar arzonlashtirilmaydi va ikki oy mobaynida bir necha marta kimoshdi 
savdosiga qo„yiladi. Qimmatli qog„ozlar mazkur muddatda realizatsiya qilinmagan taqdirda, davlat 
ijrochisi undiruvchiga ushbu qimmatli qog„ozlarni ularning broker tomonidan kimoshdi savdosiga 
qo„yilgan oxirgi kimoshdi savdosi kunining oxirgi kimoshdi savdosi soatidagi o„rtacha narxida 
o„zida qoldirishni taklif etadi.
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Davlat ijrochisining realizatsiya qilinmagan mol-mulkni o„zida qoldirish haqidagi ushbu 
moddaning 
yettinchi
va 
sakkizinchi qismlarida 
nazarda tutilgan taklifi davlat ijrochisi tomonidan 
tegishli mol-mulk realizatsiya qilinmaganligi to„g„risidagi xabarnoma olingan kundan e‟tiboran uch 
ish kunidan kechiktirmay undiruvchiga yuborilishi kerak. Bir navbatdagi talablar bo„yicha bir 
nechta undiruvchi mavjud bo„lgan taqdirda, takliflar ijro hujjatlarining O„zbekiston Respublikasi 
Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlariga kelib tushish navbatiga muvofiq, 
qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta‟minoti sifatida turgan mol-mulkka nisbatan esa 
qonunda belgilangan navbatga muvofiq davlat ijrochisi tomonidan undiruvchilarga yuboriladi. Agar 
mol-mulkning davlat ijrochisi tomonidan taklif qilingan bahosi ijro hujjati bo„yicha undiruvchiga 
to„lanishi lozim bo„lgan summadan ortiq bo„lsa, undiruvchi realizatsiya qilinmagan mol-mulkni 
o„zida qoldirishga tegishli farqni bir vaqtning o„zida O„zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi 
huzuridagi Majburiy ijro byurosi organining depozit hisobvarag„iga to„lagan (o„tkazgan) taqdirda 
haqli, bu haqda taklifda ko„rsatib o„tiladi. Undiruvchi realizatsiya qilinmagan mol-mulkni o„zida 
qoldirish to„g„risidagi qarori haqida davlat ijrochisini taklifni olgan kundan e‟tiboran besh kun 
ichida yozma shaklda xabardor qilishi shart.
(56-moddaning to„qqizinchi qismi O„zbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi O„RQ-
572-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-
son)
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Undiruvchi mol-mulkni o„zida qoldirishdan voz kechgan yoxud bu haqdagi o„z qarorini 
belgilangan muddatda yozma shaklda taqdim etmagan taqdirda mol-mulk ijro xarajatlari, shu 
jumladan mol-mulkni olib qo„yish, baholash va realizatsiya qilish bo„yicha qilingan xarajatlar 
undirilgan holda qarzdorga qaytariladi. Undiruvchi — talabi realizatsiya qilinmagan mol-mulk bilan 
ta‟minlangan kreditor realizatsiya qilinmagan mazkur mol-mulkni o„zida qoldirishdan voz 


kechganda yoxud belgilangan muddatda o„z qarorini yozma shaklda taqdim etmaganda, ijro ishi 
yuritish ijro hujjatini undiruvchiga qaytarish bilan tamomlanadi, realizatsiya qilinmagan boshqa 
mol-mulk bo„yicha ijro ishi yuritish esa qarzdorda undiruvga qaratilishi mumkin bo„lgan o„zga mol-
mulk mavjud bo„lmasa, ijro hujjatini undiruvchiga qaytarish bilan tamomlanadi.
(56-moddaning o„ninchi qismi O„zbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi O„RQ-572-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)
Olib qo„yilgan va realizatsiya qilinmagan mol-mulk qarzdor qarzini va davlat ijrochisi 
mol-mulkni olib qo„yish, baholash va realizatsiya qilish bilan bog„liq holda qilgan xarajatlarning 
o„rni to„liq qoplanganligini tasdiqlovchi hujjatlarni undiruvni amalga oshirayotgan davlat 
ijrochisiga taqdim etgan taqdirda ham qarzdorga qaytariladi.
Realizatsiya qilingan mol-mulkni mol-mulkning bahosi to„liq to„languniga qadar 
xaridorlarga berib yuborish, shuningdek to„lovni kechiktirish (bo„lib-bo„lib to„lash) sharti bilan 
realizatsiya qilish savdo tashkilotlariga va davlat ijrochilariga taqiqlanadi.
Davlat daromadiga o„tkaziladigan mol-mulkni realizatsiya qilish xususiyatlari, shuningdek 
ko„chmas mulkni uzoq muddatga ijaraga olish huquqlarini, qarzdorning yer uchastkalariga, 
intellektual faoliyat natijalariga va xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalarga bo„lgan mulkiy 
huquqlarini realizatsiya qilish tartibi ushbu Qonun talablari hisobga olingan holda O„zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 
(56-moddaning uchinchi — o„n to„rtinchi qismlari O„zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-
yanvardagi O„RQ-459-sonli 
Qonuniga 
asosan uchinchi — o„n uchinchi qismlar bilan almashtirilgan — 
Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son) 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling