Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/74
Sana25.01.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1122702
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   74
Bog'liq
258-II 29.08.2001

48
4
-modda. Undiruvni qarzdorga tegishli bo‘lgan mulkiy huquqlarga qaratish 
Ijro hujjatlari bo„yicha undiruv qarzdorga tegishli mulkiy huquqlarga, xususan quyidagi 
huquqlarga qaratilishi mumkin:
ko„chmas mulkni uzoq muddatli ijaraga olish huquqi; 
yer uchastkasiga doimiy yoki umrbod egalik qilish huquqi, yer uchastkasidan doimiy 
foydalanish huquqi yoki yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish huquqi; 


intellektual mulk obyektlariga nisbatan mutlaq huquq; 
qarzdorga litsenziat sifatida oddiy nomutlaq litsenziya asosida tegishli bo„lgan intellektual 
faoliyat natijalaridan va shaxsiylashtirish vositalaridan foydalanish huquqi. 
Qarzdorga tegishli bo„lgan boshqa shaxslarga nisbatan mulkiy huquqlarga undiruv 
O„zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksida belgilangan qoidalarga rioya etgan holda 
qaratiladi. 
48
5
-modda. Undiruvni debitorlik qarziga qaratish 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Undiruvni qarzdorning debitorlik qarziga qaratish amalda yetkazib berilgan tovarlar, 
bajarilgan ishlar yoki ko„rsatilgan xizmatlar bo„yicha, shu jumladan mulk ijarasi shartnomasi va 
boshqa shartnomalar bo„yicha, shuningdek qarzdor undiruvchi sifatida ishtirok etayotgan ijro hujjati 
bo„yicha qarzdorga to„lanishi lozim bo„lgan pul mablag„larini debitor qarzdorning 
hisobvaraqlaridan nizosiz tartibda hisobdan chiqarish orqali amalga oshiriladi.
Davlat ijrochisi tomonidan qarzdor undiruvchi sifatida ishtirok etayotgan pul mablag„larini 
undirish to„g„risidagi boshqa ijro hujjati mavjudligi aniqlansa, davlat ijrochisi undiruvni debitorning 
ijro hujjati bo„yicha qarzdorga to„lanishi lozim bo„lgan pul mablag„lariga qaratish to„g„risida qaror 
chiqaradi. Ushbu qaror asosida davlat ijrochisi debitorning hisobvaraqlariga qarzdorning qarzi 
summalarini undirish to„g„risida debitorning qarzdor oldidagi qarzidan oshib ketmaydigan 
miqdorda inkasso topshiriqnomasini taqdim etadi.
Undiruvni qarzdorga amalda yetkazib berilgan tovarlar, bajarilgan ishlar yoki ko„rsatilgan 
xizmatlar bo„yicha debitor to„lashi lozim bo„lgan pul mablag„lariga qaratish qarzdor o„z debitori 
bilan o„zaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasini taqdim etgan taqdirda amalga oshiriladi.
Debitor o„zaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasini imzolashdan asossiz bosh 
tortgan taqdirda, qarzdor bir tomonlama imzolangan solishtirma dalolatnomalarini debitorlik qarzi 
mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda davlat ijrochisiga taqdim etishga haqli. 
Qarzdor tomonidan bir tomonlama tartibda imzolangan o„zaro hisob-kitoblarning solishtirma 
dalolatnomasi taqdim etilganda, davlat ijrochisi qarzdorning debitoriga uning kreditorlik qarzi 
mavjudligi haqida imzolash uchun solishtirma dalolatnomani va qarzdor tomonidan taqdim etilgan, 
ushbu qarzning mavjudligini tasdiqlaydigan hujjatlarning ko„chirma nusxalarini ilova qilgan holda 
bildirishnoma yuboradi.
Qarzdorning debitori bildirishnomani olgan kundan e‟tiboran uch kunlik muddatda o„zaro 
hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasini imzolashi yoxud solishtirma dalolatnomada 
ko„rsatilgan qarzning mavjud emasligini asoslagan holda rad javobi taqdim etishi shart. Agar 
debitor tomonidan tan olingan qarz summasi solishtirma dalolatnomada ko„rsatilganidan farq qilsa, 
debitor o„sha muddatda davlat ijrochisiga o„zi tan olgan summani ko„rsatgan holda solishtirma 
dalolatnomani taqdim etishi shart.
Qarzdor bilan uning debitori o„rtasidagi o„zaro hisob-kitoblarning solishtirma 
dalolatnomasida quyidagilar ko„rsatilishi kerak:
qarzdorning va uning debitorining nomi, ularning bankdagi hisobvaraqlari rekvizitlari;
debitorning qarzdor oldidagi qarzi summasi;
qarzdor va uning debitorining ular muhri bilan (muhr mavjud bo„lgan taqdirda) 
tasdiqlangan imzolari, ushbu moddaning 
beshinchi qismida 
nazarda tutilgan holda esa, debitorning 
o„z muhri bilan (muhr mavjud bo„lgan taqdirda) tasdiqlangan imzosi;
solishtirma dalolatnoma tuzilgan sana.
Qarzdor va uning debitori o„rtasidagi o„zaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasi 
u davlat ijrochisiga taqdim etilguniga qadar uch oydan o„tib ketmagan sanaga tuzilgan bo„lishi 
kerak.
Davlat ijrochisi o„zaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasi asosida debitorning 
hisobvaraqlariga qarzdorning qarzi summasini debitorning qarzdor oldidagi qarzidan oshmaydigan 
miqdorda undirish to„g„risida inkasso topshiriqnomasini taqdim etadi.
Undiruv quyidagi hollarda debitorlik qarziga qaratilmaydi:
uni undirish uchun da‟vo muddati o„tgan bo„lsa;


qarzdor undiruvchi sifatida ishtirok etayotgan ijro hujjati Majburiy ijro byurosi organining 
ish yuritishida bo„lsa yoki uni ijroga taqdim etish muddati o„tgan bo„lsa yoxud ushbu ijro hujjati 
bo„yicha ijro harakatlari belgilangan tartibda to„xtatib turilgan, tugatilgan yoki kechiktirilgan 
(bo„lib-bo„lib ijro etilgan) bo„lsa;
debitor huquqiy yordam to„g„risida O„zbekiston Respublikasi bilan shartnoma tuzilmagan 
chet davlatda turgan bo„lsa;
debitor tugatilish jarayonida bo„lsa yoki unga nisbatan bankrotlik taomili joriy etilgan 
bo„lsa;
debitor o„z faoliyatini tugatgan va yuridik shaxslarning davlat reyestridan chiqarilgan 
bo„lsa. 
(48
5
-moddaning matni O„zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O„RQ-551-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling