Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish
-modda. Xatlangan mol-mulkni realizatsiya qilish
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
258-II 29.08.2001
56-modda. Xatlangan mol-mulkni realizatsiya qilish
Oldingi tahrirga qarang. Oldingi tahrirga qarang. Qarzdorning xatlangan mol-mulkini realizatsiya qilish, agar qonunchilikda boshqacha hol nazarda tutilgan bo„lmasa, xatlash asoslari va mol-mulk turlaridan qat‟i nazar, xatlangan kundan e‟tiboran ikki oy ichida uni sotish orqali amalga oshiriladi, qonunga muvofiq muomaladan chiqarilgan mol-mulk bundan mustasno. (56-moddaning birinchi qismi O„zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O„RQ-683- sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma‟lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Qarzdorning mol-mulkini realizatsiya qilish shartnoma-vositachilik asoslarida yoxud elektron onlayn-auksionlarda amalga oshiriladi, ushbu moddaning uchinchi qismida ko„rsatilgan hollar bundan mustasno. Oldingi tahrirga qarang. Avtomototransport vositalarini, ko„chmas mulkni, shu jumladan yer uchastkasini, qurilishi tugallanmagan obyektlarni, ko„chmas mulkni uzoq muddatli ijaraga olish huquqlarini, yer uchastkasiga nisbatan mulkiy huquqlarni, intellektual faoliyat natijalariga va xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalarga bo„lgan mulkiy huquqlarni realizatsiya qilish qonunchilikda belgilangan tartibda vakolatli operator tomonidan elektron onlayn-auksionlarda amalga oshiriladi. (56-moddaning uchinchi qismi O„zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O„RQ-683- sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma‟lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Mol-mulkni shartnoma-vositachilik asoslarida realizatsiya qiladigan savdo tashkilotlarini tanlash O„zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan belgilangan tartibda o„tkaziladigan tanlov asosida amalga oshiriladi. Agar savdo tashkilotlariga realizatsiya qilish uchun topshirilgan mol-mulk u topshirilgan kundan e‟tiboran o„ttiz kun ichida realizatsiya qilinmasa, mazkur mol-mulk davlat ijrochisi tomonidan quyidagi tartibda arzonlashtirilishi kerak: davlat soliq xizmati organi va moliya organi vakillari ishtirokida mol-mulk qiymatining 10 foizidan oshmagan miqdorda — davlat daromadiga undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari bo„yicha; mol-mulk qiymatining 10 foizi miqdorida — boshqa ijro hujjatlari bo„yicha. Oldingi tahrirga qarang. Mol-mulk arzonlashtirilganda davlat ijrochisi belgilangan tartibda dalolatnoma tuzadi, shundan so„ng arzonlashtirilgan mol-mulk savdo tashkilotlariga takroran realizatsiya qilish uchun topshiriladi. Qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta‟minoti sifatida turgan mol-mulkni ushbu mol-mulk bilan ta‟minlangan qarzni undirish to„g„risidagi ijro hujjatlari bo„yicha realizatsiya qilish chog„ida mol-mulkni arzonlashtirish amalga oshirilmaydi va ushbu mol-mulk birinchi marta baholangan narx bo„yicha savdo tashkiloti tomonidan qayta realizatsiya qilish uchun topshiriladi. (56-moddaning oltinchi qismi O„zbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi O„RQ-572- sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son) Oldingi tahrirga qarang. Mol-mulk takroriy elektron onlayn-auksionlarda realizatsiya qilinmaganligi munosabati bilan vakolatli operator tomonidan qaytarilgan taqdirda yoki takroran realizatsiya qilish uchun savdo tashkilotlariga topshirilgan boshqa mol-mulk o„ttiz kun mobaynida realizatsiya qilinmagan taqdirda, u mol-mulk narxining 10 foiziga arzonlashtirilgan narxda undiruvchiga taklif qilinadi, davlat daromadiga ijro hujjatlari bo„yicha undirish qaratilgan mol-mulk esa ushbu moddada belgilangan tartibda yana arzonlashtirilishi va realizatsiya qilishga topshirilishi lozim. Qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta‟minoti sifatida turgan mol-mulk ushbu mol-mulk bilan ta‟minlangan qarzni undirish to„g„risidagi ijro hujjatlari bo„yicha realizatsiya qilinmagan taqdirda, davlat ijrochisi undiruvchiga takroriy auksion savdosidagi yoki savdo tashkilotlari tomonidan qayta realizatsiya qilish chog„idagi boshlang„ich sotish narxidan 10 foiz kamroq summadagi mol-mulkni o„zida qoldirishni taklif qiladi. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling