Olib qo„yilgan so„mdagi pul mablag„lari ertasi kundan kechiktirmay qarzga teng miqdorda
undiruvchining hisobvarag„iga o„tkazish uchun bankka topshiriladi. Ijro yig„imi summalari,
shuningdek ijro xarajatlarining o„rnini qoplash uchun mo„ljallangan summalar davlat ijrochilarining
depozit hisobvarag„iga o„tkazilib, so„ngra ijro xarajatlarining o„rni
ushbu summa hisobidan
qoplanadi.
(58-moddaning ikkinchi qismi O„zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O„RQ-551-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Davlat ijrochisi qarzdor yuridik shaxsning banklardagi va boshqa kredit tashkilotlaridagi
hisobvaraqlarida va omonatlarida turgan yoki saqlanayotgan pul mablag„larini
xatlash choralarini
ko„radi.
(58-moddaning uchinchi qismi O„zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O„RQ-551-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Do'stlaringiz bilan baham: