Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
258-II 29.08.2001
- Bu sahifa navigatsiya:
- 54-modda. Qarzdorning mol-mulkini baholash
53
1 -modda. Qimmatli qog‘ozlarni xatlash Oldingi tahrirga qarang. Hujjatli qimmatli qog„ozlar ularning turgan joyi bo„yicha xatlanadi. Hujjatsiz qimmatli qog„ozlar ushbu qog„ozlar egasining huquqlari ro„yxatga olingan joy bo„yicha xatlanadi. Qimmatli qog„ozlar xatlanganda davlat ijrochisi qaror chiqaradi. Hujjatli qimmatli qog„ozlar xatlanganligi to„g„risida davlat ijrochisi xatlangan qimmatli qog„ozlarning xatlov dalolatnomasini ham tuzadi. Davlat ijrochisining qimmatli qog„ozlar xatlanganligi to„g„risidagi qarorida yoki dalolatnomasida xatlangan qimmatli qog„ozlarning umumiy soni, ularning turi va qimmatli qog„ozlar emitentlari to„g„risidagi ma‟lumotlar, qimmatli qog„ozlar chiqarilgan sana (aksiyalar bundan mustasno), ularni identifikatsiya qilish, shuningdek qimmatli qog„ozlarning qarzdorga tegishliligini aniqlash imkonini beruvchi boshqa ma‟lumotlar ko„rsatiladi. Qarzdorga tegishli bo„lgan qimmatli qog„ozlarning xatlanishi qarzdorga ularni tasarruf etish, shuningdek bunday qimmatli qog„ozlar o„tkazmalarini amalga oshirish taqiqlanganligini anglatadi. O„zga turdagi cheklovlarni belgilashda, shu jumladan qarzdorning qimmatli qog„ozlarda mustahkamlab qo„yilgan daromad olish huquqi va boshqa huquqlarini cheklashda davlat ijrochisi belgilangan cheklovlarni qimmatli qog„ozlarni xatlash to„g„risidagi qarorda sanab o„tishi shart. (53 1 -moddaning matni O„zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O„RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) 54-modda. Qarzdorning mol-mulkini baholash Oldingi tahrirga qarang. Oldingi tahrirga qarang. Ro„yxatga olingan mol-mulkni baholashni tashkil etish qonunchilikda belgilangan tartibda sud ijrochisi tomonidan bozor qiymati bo„yicha amalga oshiriladi. (54-moddaning birinchi qismi O„zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O„RQ-683- sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma‟lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Davlat ijrochisi mol-mulkni baholovchi tashkilotni jalb etadi, ushbu moddaning uchinchi , to„rtinchi va oltinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Oldingi tahrirga qarang. Davlat ijrochisi alohida ko„char mol-mulkning shartnomaviy narxini faqat alohida olingan mol-mulkning qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan, mol-mulkning jami qiymati esa bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan oshmagan taqdirdagina, baholovchi tashkilotni jalb etmagan holda mustaqil belgilashi mumkin, avtomototransport vositalari bundan mustasno. (54-moddaning uchinchi qismi O„zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O„RQ-586- sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) Oldingi tahrirga qarang. Kredit bo„yicha qarzdorlikni so„ndirish hisobiga undiruv qaratilayotgan garovga qo„yilgan mol-mulk qo„shimcha baholanmaydi hamda tijorat bank va qarz oluvchi o„rtasida tuzilgan garov (ipoteka) to„g„risidagi shartnomada ko„rsatilgan narx bo„yicha realizatsiya qilinadi. (54-moddaning to„rtinchi qismi O„zbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi O„RQ-572- sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son) Oldingi tahrirga qarang. Qimmatli qog„ozlar, valyuta qimmatliklari, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari va boshqa ro„zg„or buyumlari, nodir buyumlar, asl tasviriy san‟at hamda haykaltaroshlik asarlari mutaxassislar albatta ishtirok etgan holda qonunchilikda belgilangan tartibda baholanishi, keyin (uch ish kuni ichida) mas‟uliyatli saqlash uchun bankka yoki Qimmatli qog„ozlar markaziy depozitariysiga yoxud investitsiya vositachisiga topshirilishi kerak, muayyan turdagi qimmatliklar muzeyga yoki ularning saqlanish sharoitlarini ta‟minlovchi boshqa ixtisoslashtirilgan muassasaga topshirilishi lozimligi to„g„risida qonunchilikda belgilangan hollar bundan mustasno. (54-moddaning beshinchi qismi O„zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O„RQ-683- sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma‟lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Oldingi tahrirga qarang. Fond birjasining birja kotirovkasi varag„iga kiritilgan qimmatli qog„ozlarning qiymati tegishli qimmatli qog„ozlar o„zida birja kotirovkasi varag„iga kiritilgan va qonunchilikka muvofiq kotirovka qilinadigan fond birjasiga qimmatli qog„ozlar kotirovkalariga doir so„rov berish orqali sud ijrochisi tomonidan aniqlanadi. (54-moddaning oltinchi qismi O„zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O„RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma‟lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Oldingi tahrirga qarang. Agar davlat ijrochisi tomonidan ro„yxatga olingan qimmatli qog„ozlar fond birjasining birja kotirovkasi varag„iga kiritilmagan bo„lsa, davlat ijrochisi qimmatli qog„ozlarni baholash uchun qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda baholovchi tashkilotni jalb etadi. (54-moddaning yettinchi qismi O„zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O„RQ-683- sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma‟lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Davlat ijrochisi tomonidan mol-mulkni yoki mulkiy huquqni baholash to„g„risidagi hisobot olingan (chiqarilgan) paytdan e‟tiboran uch ish kunidan kechiktirmay ijro ishi yuritishdagi taraflarga baholash natijalari haqida bildirishnoma yuboriladi. Baholash to„g„risidagi hisobotda ko„rsatilgan baholash obyektining qiymati xususida ijro ishi yuritishdagi taraflar o„tkazilgan baholash to„g„risida o„zlari xabardor qilingan kundan e‟tiboran o„n kundan kechiktirmay sudda nizolashishi mumkin. Davlat ijrochilari tomonidan ijro harakatlarini amalga oshirishda xatlangan mol-mulkni baholash tartibi O„zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hamda O„zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan tasdiqlanadigan nizom bilan tartibga solinadi. (54-moddaning matni O„zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O„RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling