Zbekiston respublikasining qonuni umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizma


-modda. Fuqarolarning muddatli harbiy xizmatga hamda safarbarlik


Download 1.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/41
Sana17.10.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1706065
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   41
Bog'liq
nizami

19-modda. Fuqarolarning muddatli harbiy xizmatga hamda safarbarlik 
chaqiruvi rezervidagi xizmatga chaqirilishi 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Fuqarolarning muddatli harbiy xizmatga hamda safarbarlik chaqiruvi rezervidagi 
xizmatga chaqirilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga asosan yiliga bir 
marta 
— mart — aprel oylarida o‘tkaziladi. 
(19-
moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-
sentabrdagi O‘RQ-564-sonli 
Qonuni 
tahririda 
— Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy 
bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son) 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori chaqiruv boshlanishiga kamida 
bir oy qolganida ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori e’lon qilinganidan keyin 
chaqiriluvchilar, shu jumladan vaqtincha ro‘yxatda turgan, chaqiriluvchilar chaqiruv 
q
og‘ozida ko‘rsatilgan muddatda chaqiruv punktida hozir bo‘lishi shart. Muddatli harbiy 
xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tamagan va harbiy ro‘yxatda 
turmagan chaqirilish yoshidagi fuqarolar, shuningdek doimiy turar joyidan vaqtincha 
boshqa joyga jo‘nab ketgan va o‘sha erda harbiy ro‘yxatda turmagan chaqiriluvchilar 
turar joylaridagi mudofaa ishlari organlarida hozir bo‘lishi shart. 
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning va ta’lim muassasalarining rahbarlari 
xizmat safarida bo‘lgan chaqiriluvchilarni chaqirtirib olishlari va ularning chaqiruv 
uchastkasida o‘z vaqtida hozir bo‘lishini ta’minlashlari shart. 
O‘n sakkiz yoshga to‘lgan va yoshi o‘n sakkizdan oshgan chaqiriluvchilarning 
harbiy ro‘yxatda turish joyini o‘zgartirishiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
navbatdagi chaqiruv to‘g‘risidagi qarori e’lon qilinguniga qadar yo‘l qo‘yiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori e’lon qilinganidan keyin 
chaqiriluvchilar harbiy ro‘yxatda turish joyini faqat quyidagi hollarda o‘zgartirishi mumkin: 
boshqa joydagi ishga o‘tkazilgan bo‘lsa; 
yangi turar joyga ko‘chib o‘tgan bo‘lsa; 
ta’lim muassasasiga o‘qishga kirgan va ta’lim olishni davom ettirish uchun 
ketayotgan bo‘lsa. 
(19-moddaning birinchi 
– oltinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 
26-
iyundagi O‘RQ-38-sonli 
Qonuni
 tahririda 
— Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi, 
2006-y., 6-son, 262-modda) 
Ushbu moddaning oltinchi qismida 
ko‘rsatilgan asoslarning mavjudligi mudofaa 
ishlari organiga taqdim etiladigan tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanishi lozim. 
Fuqarolar mudofaa ishlari organlari tomonidan belgilangan muddatlarda 
chaqiruv uchastkalarida hozir bo‘lmaganda quyidagilar uzrli sabab hisoblanadi: 
fuqaroning chaqiruv uchastkasiga kelishiga imkon bermagan kasalligi; 
yaqin qarindoshining (otasi, onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, xotini, bolasi) vafot 
etganligi yoki og‘ir kasalligi; 
fuqaroga bog‘liq bo‘lmagan holda, uning chaqiruv uchastkasiga kelishiga imkon 
bermagan tabiiy ofat yoki boshqa holatlar. 
Hozir bo‘lmaganlik sabablari tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanishi lozim. 
Tinchlik davrida quyidagilar muddatli harbiy xizmatga chaqirilmaydi: 
ushbu 
Qonunning 
21
 va 
22-moddalariga
 muvofiq 
chaqirilish 
muddati 
kechiktirilgan va chaqirilishdan ozod etilgan shaxslar; 


ishi yuzasidan surishtiruv yoki dastlabki tergov olib borilayotgan yoki jinoyat ishi 
sudda ko‘rilayotgan shaxslar. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 22-fevraldagi 99-son qarori bilan 
tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining safarbarlik chaqiruvi rezervida 
xizmatni o‘tashi tartibi to‘g‘risidagi 
nizom

Oldingi
 tahrirga qarang. 

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling