Zbekiston respublikasining qonuni umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizma
-modda. Fuqarolarni chaqiruv uchastkalarida qayd etish
Download 1.2 Mb. Pdf ko'rish
|
nizami
18-modda. Fuqarolarni chaqiruv uchastkalarida qayd etish
Fuqarolarni chaqiruv uchastkalarida qayd eti sh ularni harbiy ro‘yxatga olish, ularning sonini, harbiy xizmatga qay darajada yaroqli ekanligini, umumta’lim va jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Fuqarolarni qayd etish tuman (shahar) mudofaa ishlari organlari huzurida tashkil etiladigan chaqiruv uchastkalarida amalga oshiriladi va ro‘yxatga olinayotganlarning turar joylarida o‘tkaziladi. Oldingi tahrirga qarang. Fuqarolarni chaqiruv uchastkalarida qayd etish umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va boshlang‘ich professional ta’lim muassasasidagi oxirgi o‘quv yilining oktyabr-noyabr oylarida amalga oshiriladi. (18- moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30- sentabrdagi O‘RQ-718-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 03/21/718/0920-son) Chaqiruv uchastkasida qayd etilish uchun fuqarolar chaqiruv qog‘ozida ko‘rsatilgan muddatda mudofaa ishlari organlariga kelishlari va zarur hujjatlarni taqdim etishlari shart. Oldingi tahrirga qarang. Fuqarolarni tumanlardagi (shaharlardagi) chaqiruv uchastkalarida qayd etish uchun tarkibiga mudofaa ishlari organlari vakillari, mutaxassis vrachlar kiritiladigan fuqarolarni chaqiruv uchastkalarida qayd etish komissiyalari tuziladi. (18- moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30- sentabrdagi O‘RQ-718-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 03/21/718/0920-son) Chaqiruv uchastkalarida qayd etiladigan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan turli yo‘nalishdagi vrachlar, shu jumladan jarroh, terapevt, nevropatolog, psixiatr, ko‘z kasalliklari, quloq, tomoq, burun kasalliklari, tish kasalliklari mutaxassislari, zarurat bo‘lganda esa, boshqa ixtisosdagi vrachlar o‘tkazadi. Zimm asiga harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarning ro‘yxatini yuritish vazifasi yuklatilgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari har yili O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilangan muddatlarda tegishli tuman (shahar) mudofaa ishlari organlariga chaqiruv uchastkalarida qayd etilishi lozim bo‘lgan fuqarolarning ro‘yxatini beradilar. Chaqiriluvchilarga chaqiriluvchining qayd etilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma beriladi, huquq va majbur iyatlari, harbiy ro‘yxatga olish va harbiy xizmatga tayyorgarlik tartibi tushuntiriladi. Qayd etilgan vaqtdan boshlab fuqarolar harbiy ro‘yxatga kiritiladilar. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling