Zbekiston respublikasining qonuni umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizma


Download 1.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/41
Sana17.10.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1706065
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
nizami

4-modda. Harbiy xizmat turlari 
Harbiy xizmat O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining Qurolli Kuchlar safida 
umumiy harbiy majburiyatni bajarish borasidagi davlat xizmatining alohida turidir. 
Harbiy xizmatning quyidagi turlari joriy etiladi: 
muddatli harbiy xizmat; 
safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat; 
kontrakt bo‘yicha harbiy xizmat; 
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida harbiy xizmatni o‘tagan 
rezervchilar xizmati. 


Tinchlik davrida oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlarida muddatli harbiy 
xizmatga, shuningdek safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga o‘n sakkiz yoshdan 
yigirma yetti yoshgacha bo‘lgan, salomatligiga ko‘ra Qurolli Kuchlar safida harbiy 
xizmatni o‘tashga yaroqli erkak fuqarolar chaqiriladilar. 
5-modda. Muddatli harbiy xizmat 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Muddatli harbiy xizmat chaqirilish yoshidagi fuqarolarning oddiy askarlar va 
serjantlar tarkibi lavozimlarida, 
shuningdek muqaddam harbiy xizmatni o‘tamagan 
ofitserlarning qonunchilikda belgilangan muddat mobaynida Qurolli Kuchlar safidagi 
majburiy xizmatidir. 
(5-moddaning birinchi qismi 
O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi 
O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda 
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-
y., 03/21/683/0375-son) 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-
4447-
sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy 
xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 
3-bobi

Oldingi
 tahrirga qarang. 
Muddatli harbiy xizmat muddati kalendar hisobida o‘n ikki oy etib belgilanadi. 
(5-
moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-
sentabrdagi O‘RQ-564-sonli 
Qonuni 
tahririda 
— Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy 
bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Muddatli harbiy xizmatni o‘tash tartibi qonunchilik bilan belgilanadi. 
(5-moddaning uchinchi qismi 
O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda 
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 
21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling