Zbekiston respublikasining qonuni umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizma
-modda. Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat
Download 1.2 Mb. Pdf ko'rish
|
nizami
6-modda. Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat
Oldingi tahrirga qarang. Harbiy xizmatga yaroqli, shu jumladan cheklovlar bilan yaroqli bo‘lgan hamda chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etilish huquqiga ega bo‘lmagan, biroq Qurolli Kuchlar safiga navbatdagi muddatga chaqirilmagan shaxslar safarbarlik chaqiruvi rezervi safiga olinadilar. (6- moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5- sentabrdagi O‘RQ-564-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son) Oldingi tahrirga qarang. Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat hududiy prinsip asosida oylik yig‘inlar tarzida tashkil etiladi hamda chaqiriluvchilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining maxsus hisobvarag‘iga pul badallari kiritilishini nazarda tutadi. (6- moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 18- fevraldagi O‘RQ-522-sonli Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda) Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga shaxslar yigirma yetti yoshga to‘lgunga qadar olinadilar va har yilgi harbiy yig‘inlarga jalb etilishlari mumkin, favqulodda vaziyatlar yoki O‘zbekiston Respublikasiga qarshi harbiy tajovuz ro‘y bergan taqdirda esa haqiqiy harbiy xizmatga chaqiriladilar. Oldingi tahrirga qarang. Safarbarlik chaqiruvi rezervida oylik yig‘inni o‘tagan fuqarolar Qurolli Kuchlar rezerviga o‘tkaziladilar. (6- moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30- sentabrdagi O‘RQ-718-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 03/21/718/0920-son) Oldingi tahrirga qarang. Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxslar to‘laydigan pul badallari miqdori va ularni to‘lash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan alohida nizom bilan belgilanadi. Bu mablag‘lar safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatchilar bilan yig‘inlarni o‘tkazishga bog‘liq xarajatlarning o‘rnini qoplashga, qaysi tegishli vazirliklar va idoralarda muddatli harbiy xizmat nazarda tutilgan bo‘lsa, o‘sha vazirliklar va idoralarning muddatli harbiy xizmatdagi harbiy xizmatchilari harbiy xizmatdan bo‘shatilganida xizmatdan bo‘shatish nafaqasini to‘lashga, yig‘inlar ma’muriyatining ta’minotiga, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish hamda mustahkamlashga, shu jumladan binolarni ta’mirlash va qurishga, mudofaa ishlari organlaridagi safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatchila rni hisobga oluvchi xodimlarning ta’minotiga, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi ehtiyojlari uchun qurol-yarog‘, harbiy-texnika mol- mulki va o‘q-dorilarni xarid qilishga maqsadli tartibda yo‘naltiriladi. (6- moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 18- fevraldagi O‘RQ-522-sonli Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda) LexUZ sharhi Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 22-fevraldagi 99-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining “Safarbarlik chaqiruvi rezervi mablag‘lari” maxsus hisob raqami to‘g‘risida”gi nizom . Oldingi tahrirga qarang. Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni tashkil etish va o‘tash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizom bilan belgilanadi. (6-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 26-iyundagi O‘RQ-38-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 6- son, 262-modda) LexUZ sharhi Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 22-fevraldagi 99-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining “Safarbarlik chaqiruvi rezervi mablag‘lari” maxsus hisob raqami to‘g‘risida”gi nizom . Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling