Zbekiston respublikasining qonuni umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizma


II. FUQAROLARNI HARBIY XIZMATGA TAYYORLASh


Download 1.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/41
Sana17.10.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1706065
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   41
Bog'liq
nizami

II. FUQAROLARNI HARBIY XIZMATGA TAYYORLASh 
12-modda. Chaqiriluvchilarni harbiy xizmatga tayyorlash 
Chaqiriluvchilar bilan olib boriladigan harbiy xizmatga tayyorgarlik ishlari 
quyidagilarni qamrab oladi: 
chaqiruvga 
qadar boshlang‘ich tayyorgarlik; 
chaqiriluvchilarning harbiy-
texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorgarligi; 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishga tayyorgarlik; 
(12-
modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 
2020-yil 25-
avgustdagi O‘RQ-634-sonli 
Qonuni 
tahririda 
— Qonun hujjatlari ma’lumotlari 
milliy bazasi, 26.08.2020-y., 03/20/634/1218-son) 
jismoniy tayyorgarlik, davolash-
sog‘lomlashtirish ishlari; 
umumta’lim tayyorgarligi; 
vatanparvarlik ruhida tarbiyalash. 
Chaqiriluvchilarni harbiy xizmatga tayyorlash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining umumiy rahbarligi ostida o‘tkaziladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimliklari chaqiriluvchilarni harbiy 
xizmatga tayyorlash ishlari moliyalashtirilishi hamda moddiy-texnika jihatidan 
ta’minlanishini amalga oshiradilar, o‘quv-moddiy bazasini barpo etadilar, bunday 
tayyorgarlikning tashkil etilishi uchun javobgar bo‘ladilar. 
Chaqiriluvchilarni harbiy xizmatga tayyorlashning tashkil etilishini, amalga 
oshirilishini va natijalarini n
azorat qilib borish, chaqiruvga qadar boshlang‘ich 
tayyorgarlikni uslubiy jihatdan ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
shuningdek ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar 
tomonidan amalga oshiriladi. 
13-
modda. Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik, shu jumladan fuqaro muhofazasi 
va tibbiy bilim asoslar
i bo‘yicha tayyorgarlik o‘quv dasturidagi majburiy fan bo‘lib, 
umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va boshlang‘ich professional ta’lim muassasalarida 
chaqiruvga qadar tayyorgarlik o‘qituvchilari tomonidan bitirish yili arafasidagi kurslardan 
yoki sinflardan boshlab 
o‘tiladi. 
(13-
moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-
sentabrdagi O‘RQ-718-sonli 
Qonuni 
tahririda 
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 
30.09.2021-y., 03/21/718/0920-son) 


Chaqiruvga qadar tayyorgarlik darajasi past bo‘lgan chaqiriluvchilar 
chaqirilishdan oldin qo‘shimcha ravishda bunday tayyorgarlikdan Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan 
tashkil etiladigan mudofaa-
sport sog‘lomlashtirish lagerlarida o‘tishlari mumkin. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 18-dekabrdagi 348-son qarori bilan 
tasdiqlangan “Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkil etish va uni amalga 
oshirish tartibi to‘g‘risida”gi
 nizom


Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling