Zbekiston respublikasining qonuni umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizma


Download 1.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/41
Sana17.10.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1706065
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   41
Bog'liq
nizami

10-modda. Harbiy lavozimlar 
Harbiy lavozimlar (harbiy xizmatchilar 
egallashi lozim bo‘lgan shtat lavozimlari) 
va ularga muvofiq keladigan harbiy unvonlar harbiy qismlarning, harbiy xizmat nazarda 
tutilgan boshqaruv organlarining vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar 
muassasalarining shtatlarida nazarda tutiladi. 
Harbiy lavozimlar oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibi lavozimlariga 
bo‘linadi. 
Qurolli Kuchlarda oliy qo‘mondonlik lavozimlariga tayinlash va lavozimidan ozod 
qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan amalga oshiriladi. 
Harbiy xizmatchilarni lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod qilish, 
shuningdek harbiy xizmatchilarning xizmat joyini o‘zgartirish O‘zbekiston Respublikasi 
fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizom bilan belgilanadi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Harbiy xizmatchilar qonunchilikda belgilangan tartibda harbiy xizmatda 
qoldirilgan, shuningdek harbiy xizmatchilar uchun belgilangan ta’minotning barcha 
turlari, kafolatlar va imtiyozlar saqlangan holda davlat-huquq hamda mudofaa 
yo‘nalishidagi ishlarni bajarish uchun davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga
boshqa tashkilotlarga yuborilishi mumkin. 
(10-moddaning beshinchi qismi 
O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda 
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi
21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 


11-modda. Harbiy xizmatchilarning harbiy kiyim-kechak va farqlovchi 
nishonlari 
Harbiy xizmatchilarning harbiy kiyim-
kechak va farqlovchi nishonlari O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. 
Harbiy xizmatchilar, shuningdek harbiy yig‘inlarga jalb etilgan harbiy xizmatga 
majburlar harbiy unvonni va qo‘shin turini farqlovchi nishonlari bo‘lgan harbiy kiyim-
kechakda yuradilar. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Harbiy kiyim-kechakda yurish qoidalari harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirliklar, 
davlat qo‘mitalari va idoralarning rahbarlari tomonidan belgilanadi. 
(11-
moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-
avgustdagi O‘RQ-634-sonli 
Qonuni 
tahririda 
— Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy 
bazasi, 26.08.2020-y., 03/20/634/1218-son) 
Harbiy kiyimda yurish huquqiga ega bo‘lmagan fuqarolarning harbiy 
xizmatchilarning harbiy kiyim-kechagini kiyib va farqlovchi nishonlarini taqib yurishi 
taqiqlanadi. 

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling