Umumta’lim tayyorgarlik darajasini oshirish. Chaqiriluvchilarni vatanparvarlik
ruhida tarbiyalash
(15-
moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-avgustdagi
O‘RQ-634-sonli
Qonuni
tahririda
— Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,
26.08.2020-y., 03/20/634/1218-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish istagini bildirgan fuqarolar
harbiy litseylarda, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim
muassasalarida,
mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi markazlarda yoki mustaqil ravishda
tayyorgarlikdan o‘tadilar.
(15-
moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-
sentabrdagi O‘RQ-718-sonli
Qonuni
tahririda
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,
30.09.2021-y., 03/21/718/0920-son)
Chaqiriluvchilarning jismoniy tayyorgarligi ta’lim muassasalarining o‘quv
dasturlari
doirasida, shuningdek sport jamiyatlari va klublari, davolash muassasalari,
mudofaa-
sport sog‘lomlashtirish lagerlarida amalga oshiriladi.
Chaqiriluvchilar bilan olib boriladigan davolash-
sog‘lomlashtirish ishlari ularning
turar joylarida, o‘qish yoki ish joylarida sog‘liqni saqlash organlari tomonidan davolash,
davolash-profilaktika
va davolash-
sog‘lomlashtirish muassasalarida o‘smirlar xonalarini
tashkil etgan holda uyushtiriladi hamda o‘tkaziladi.
O‘n besh va o‘n olti yoshdagi o‘smirlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish
chaqiriluvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishga mudofaa ishlari organlari tomonidan jalb
etiladigan mutaxassis vrachlar tomonidan har yili amalga oshiriladi.
Xalq ta’limi organlari chaqiriluvchilarning umumta’lim
tayyorgarlik darajasini
oshirish yuzasidan zarur chora-
tadbirlar ko‘rishlari shart.
Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash vazirliklar
, davlat qo‘mitalari,
idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish
organlari va ta’lim muassasalari tomonidan amalga oshiriladi. Yoshlarni vatanparvarlik
ruhida tarbiyalashda jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari
ishtirok etishlari mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 775-son qarori bilan
tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qishga
nomzodlarni saralab olish va qabul
qilish, kursantlarni o‘qishdan chetlashtirish va qayta
tiklash tartibi to‘g‘risidagi
nizom
.
Do'stlaringiz bilan baham: