Zbekiston respublikasining qonuni umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizma


-modda. Muddatli harbiy xizmatga hamda safarbarlik chaqiruvi


Download 1.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/41
Sana17.10.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1706065
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   41
Bog'liq
nizami

21-modda. Muddatli harbiy xizmatga hamda safarbarlik chaqiruvi 
rezervidagi xizmatga chaqirilish muddatini kechiktirish 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Chaqiriluvchilarning muddatli harbiy xizmatga, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi 
xizmatga chaqirilish muddatini kechiktirish hududiy komissiyaning qarori asosida 
ularning oilaviy sharoitiga ko‘ra, salomatligiga ko‘ra, o‘qishni davom ettirishi uchun 
amalga oshiriladi. 
(21-
moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-
sentabrdagi O‘RQ-718-sonli 
Qonuni 
tahririda 
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi
30.09.2021-y., 03/21/718/0920-son) 
 LexUZ sharhi 


Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-martdagi PQ-4630-
son “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy xizmatga chaqirish tartibini yanada 
takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi 
qarori

Chaqiriluvchilarning muddatli harbiy xizmatga va safarbarlik chaqiruvi 
rezervidagi xizmatga chaqirilish muddatini oilaviy sharoitga ko‘ra kechiktirish quyidagi 
hollarda amalga oshiriladi: 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
1) chaqiriluvchining ota-
onasi mehnatga qobiliyatsiz bo‘lib, ularni boqishi shart 
bo‘lgan mehnatga qobiliyatli voyaga yetgan boshqa o‘g‘li bo‘lmasa. Ota-onaning 
mehnatga qobiliyatsizligi qonunchilikka muvofiq aniqlanadi; 
(21-modda ikkinchi qismining 1-bandi 
O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda 
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 
21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
2) chaqiriluvchining mehnatga qobiliyatli yolg‘iz onasi yoki otasi bo‘lib, ularning 
qaramog‘ida o‘n olti yoshga to‘lmagan ikki va undan ortiq farzandi bo‘lgani holda 
mehnatga qobiliyatli voyaga yetgan boshqa o‘g‘li bo‘lmasa; 
3) chaqiruv kunida 
chaqiriluvchining tug‘ishgan aka-ukalaridan biri muddatli 
harbiy xizmatni o‘tayotgan bo‘lsa; 
4) chaqiriluvchining onasiz tarbiyalanayotgan voyaga yetmagan bir farzandi 
bo‘lsa; 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
5) chaqiriluvchining birinchi yoki ikkinchi guruh nogironligi bo‘lgan xotini va 
voyaga yetmagan ikki va undan ortiq farzandi bo‘lsa. 
(21-modda ikkinchi qismining 5-
bandi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-
maydagi 
O‘RQ-770-sonli 
Qonuni 
tahririda 
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 
18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son) 
Chaqiriluvchini uning ota-onasi vafot etganligi, ular uzoq muddat betobligi 
munosabati bilan yoki boshqa uzrli sabablarga ko‘ra kamida besh yildan beri o‘z 
qaramog‘ida saqlayotgan shaxslar uning ota-onasiga tenglashtiriladi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Ushbu modda ikkinchi qismining 
1-bandida 
ko‘rsatilgan chaqiriluvchilar o‘z 
roziligi va ota-
onasining (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning) roziligi bilan harbiy 
xizmatga chaqirilish muddati kechiktirilmagan holda chaqirilishi mumkin. 
(21-
modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-sentabrdagi O‘RQ-718-
sonli 
Qonuniga 
asosan to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy 
bazasi, 30.09.2021-y., 03/21/718/0920-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida tahsil 
olayotgan chaqiriluvchilar, shuningdek oliy ta’lim muassasalarida kunduzgi o‘qishda 
tahsil olayotgan talabalar o‘qishni davom ettirishlari uchun ularning chaqirilish muddati 
o‘qishni tamomlagunlariga qadar kechiktiriladi. 
(21-moddaning beshinchi 
qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-
sentabrdagi O‘RQ-718-sonli 
Qonuni 
tahririda 
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 
30.09.2021-y., 03/21/718/0920-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Oliy ta’lim muassasalaridagi ta’limning kunduzgi va kechki shaklida tahsil 
olayotgan talabalar o‘z roziligi bilan safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga olinishi 
mumkin. Bunda talabalar bir oylik harbiy yig‘inlarni o‘tashga iyul-avgustda jalb etiladi. 
(21-
modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi O‘RQ-564-
sonli 
Qonuniga
 
asosan beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari 
milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son) 


Ta’lim muassasalaridan o‘qishdan chiqarilgan shaxslar chaqirilish muddatini 
kechiktirish huquqidan mahrum bo‘ladilar. 
Chaqirilish muddatini kechiktirish asoslarini yo‘qotgan chaqiriluvchilar, 
shuningdek ushbu Qonunga muvofiq chaqirilish muddatini kechiktirish huquqiga yoxud 
chaqirilishdan ozod 
etish uchun asoslarga ega bo‘lmagan va turli sabablarga ko‘ra 
muddatli harbiy xizmatga yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga chaqirilmagan 
shaxslar chaqirilish kuni yigirma yetti yoshga to‘lguniga qadar Qurolli Kuchlar safiga 
navbatdagi chaqiruv paytida chaqiriladilar. 

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling