Zbekiston respublikasining qonuni umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizma
- modda. Harbiy yig‘ilishlarda qatnashish
Download 1.2 Mb. Pdf ko'rish
|
nizami
32-
modda. Harbiy yig‘ilishlarda qatnashish Harbiy xizmatga majburlar rezervda bo‘lish vaqtida safarbarlik tadbir-choralari rejalari bo‘yicha harbiy yig‘inlarga jalb etiladi. Harbiy yig‘inlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlarning harbiy xizmat shartlaridan kelib chiqadigan huquqlari va majburiyatlari ushbu Qonun bilan belgilanadi. Rezervdagi harbiy xizmatga majburl arga mo‘ljallangan harbiy yig‘inlarning muddati har yili birinchi toifali rezervdagilar uchun o‘ttiz sutkaga qadar, ikkinchi toifali rezervdagilar uchun o‘n besh sutkaga qadar bo‘lishi mumkin. Oldingi tahrirga qarang. Rezervdagi va zaxiradagi harbiy xizmatga majburlar O‘zbekiston Respublikasining normal hayotiy faoliyatiga tahdid solayotgan favqulodda vaziyatlarning ol dini olish yoki ularning oqibatlarini bartaraf etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori asosida ikki oyga qadar muddatga harbiy yig‘inlarga jalb etilishi mumkin. Harbiy yig‘inlarga jalb etilgan harbiy xizmatga majburlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan tartibda va miqdorlarda pul hamda boshqa turdagi ta’minot oladilar. Harbiy yig‘inlar davrida, shu jumladan ular o‘tkaziladigan joyga borish va u erdan qaytib kelish davrida harbiy xizmatga majburlarning ish joyi ( lavozimi) va ish joyidagi o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladi. Mazkur shaxslar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi chaqiruv qog‘ozi olingan kundan harbiy yig‘inlardan qaytilgunga qadar bo‘lgan davrda ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilinishi mumkin emas, korxona, muassasa va tashkilot tugatilgan hollar bundan mustasno. (32- moddaning to‘rtinchi – beshinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 26- iyundagi O‘RQ-38-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 6-son, 262-modda) Oldingi tahrirga qarang. Agar harbiy xizmatga majbur harbiy yig‘inlar vaqtida kasal bo‘lib qolsa va harbiy yig‘inlar tugaganidan keyin ham kasalligi davom etsa, uning ish joyi (lavozimi) saqlanib qoladi, harbiy yig‘inlar tugagan kundan boshlab ish haqi o‘rniga qonunchilikka muvofiq vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi to‘lanadi. (32-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21- apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Harbiy xizmatga majburlar harbiy yig‘inlarda qatnashish davrida quyidagi huquqlarga ega: harbiy yig‘inlar o‘tkaziladigan joyga temir yo‘l va avtomobil transportida (taksidan tashqari) bepul borish va qaytib kelish; harbiy qismlar tomonidan jo‘natiladigan xatlarni bepul yuborish; harbiy- tibbiy muassasalarda bepul tibbiy xizmat bilan ta’minlanish. Harbiy xizmatga majburlar harbiy yig‘inlarda qatnashayotgan davrda ularning hayoti va sog‘lig‘i davlat tomonidan majburiy sug‘urtalanadi. Harbiy xizmatga majburlarni davlat tomonidan majburiy sug‘urtalash tartibi va shartlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. LexUZ sharhi Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 26-yanvardagi 38- son “Harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslarning, oddiy askarlar hamda boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning davlat majburiy sug‘urtasi to‘g‘risida”gi qaroriga va Harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslarning, oddiy askarlar hamda boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning davlat majburiy sug‘urtasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (29.08.2003y. ro‘yxat № 1266) qarang. Oldingi tahrirga qarang. Harbiy yig‘inlarni o‘tkazish tartibi va muddati, ularga chaqiriladigan harbiy xizmatga majburlar soni qonunchilik bilan belgilanadi. (32- moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21- apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling