Zbekiston respublikasining qonuni umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizma


-modda.  Harbiy xizmatdan bo‘shatish


Download 1.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/41
Sana17.10.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1706065
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   41
Bog'liq
nizami

29-modda. 
Harbiy xizmatdan bo‘shatish 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Harbiy xizmatchini haqiqiy harbiy xizmatdan bo‘shatish quyidagi asoslarga ko‘ra 
amalga oshiriladi: 
1) yosh bo‘yicha — u harbiy xizmatda bo‘lish yoshi chegarasiga yetganida, shu 
jumladan unga belgilangan tartibda uzaytirilgan harbiy xizmat muddati tugaganda
Oldingi
 tahrirga qarang. 
2) muddatli harbiy xizmat muddati tugaganda 
— chaqiruv bo‘yicha muddatli 
harbiy xizmatning qonunchilikda belgilangan muddati tugaganda (bo‘shatish uchun 
boshqa asoslar mavjud bo‘lmaganda); 
(29-modda birinchi qismining 2-bandi 
O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
a
preldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda 
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 
21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
3) kontrakt muddati tugaganda 
— bo‘shatish uchun boshqa asoslar mavjud 
bo‘lmaganda, agar amaldagi kontraktning tugashi paytiga kelib harbiy xizmatchi yoki 
vazirlik, davlat qo‘mitasi va idora tomonidan yangi kontrakt tuzmaslik to‘g‘risida qaror 
qabul qilingan bo‘lsa; 
4) tashkiliy-shtat tadbirlari munosabati bilan 
— harbiy xizmatchidan xizmatda 
foydalanish mumkin bo‘lmagan taqdirda, uni bo‘shatish uchun boshqa asoslar mavjud 
bo‘lmaganda; 
5) sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra — u harbiy-tibbiy komissiya tomonidan harbiy 
xizmatga yaroqsiz deb topilganligi munosabati bilan; 
6) taraflardan birining tashabbusiga ko‘ra kontrakt muddatidan oldin bekor 
qilinganligi munosabati bilan; 
7) intizomsizligi sababli oliy harbiy ta’lim muassasasidan chetlashtirilishi 
munosabati bilan 
— uni bo‘shatish uchun boshqa asoslar mavjud bo‘lmaganda; 
8) harbiy xizmatchi nomiga dog‘ tushiruvchi nojo‘ya xatti-harakat sodir etganda; 
9) davlat sirlaridan foydalanishdan mahrum qilinganda; 
10) ozodlikdan yoki harbiy unvondan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lgan jazo 
choralari tayinlangan sud hukmi qonuniy kuchga kirganda; 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
11) qonunchilikka muvofiq O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini 
yo‘qotganligi yoxud boshqa davlatning fuqaroligi mavjudligi munosabati bilan. 
(29-modda birinchi qismining 11-bandi 
O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 
21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda 
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 
21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
Harbiy xizmatchilarni harbiy xizmatdan bo‘shatish ularni tegishli lavozimlarga 
tayinlash vakolatiga ega bo‘lgan mansabdor shaxslar tomonidan O‘zbekiston 
Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq 
amalga oshiriladi. 
Harbiy xizmatchilar harbiy xizmatdan rezervga, harbiy hisobdan chiqarilgan 
hollarda esa iste’foga bo‘shatiladi. 
Rezervda bo‘lish yoshi chegarasiga yetgan yoki sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra 
harbiy hisobdan chiqarilgan holda harbiy-tibbiy komissiya tomonidan harbiy xizmatga 


yaroqsiz deb topilgan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotgan 
yoxud boshqa davlatning fuqaroligiga ega bo‘lgan harbiy xizmatchilar iste’foga 
bo‘shatiladi. 
(29-
moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-avgustdagi 
O‘RQ-634-sonli 
Qonuni 
tahririda 
— Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 
26.08.2020-y., 03/20/634/1218-son) 

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling