Zbekiston respublikasining qonuni umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizma


Download 1.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/41
Sana17.10.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1706065
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   41
Bog'liq
nizami

V. REZERVDAGI XIZMAT 
30-
modda. Rezervda bo‘lish yoshining chegarasi. Rezerv darajalari 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Rezervdagi harbiy xizmatga majburlar yoshiga qarab ikki darajaga bo‘linadi. 
Tarkib 
Chegara yoshi 
1-daraja 
2-daraja 
Oddiy askarlar va serjantlar 
35 yoshgacha 
45 yoshgacha 
Kichik ofitserlar 
40 yoshgacha 
50 yoshgacha 
Katta ofitserlar 
50 yoshgacha 
55 yoshgacha 
Generallar 
55 yoshgacha 
60 yoshgacha 
(30-moddaning birinchi qismi 
O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-
apreldagi O‘RQ-476-sonli 
Qonuni 
tahririda 
— Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 
19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son) 
Ikkinchi 
daraja rezervida bo‘lish yoshining chegarasi rezervdagi harbiy xizmatda 
bo‘lish yoshining chegarasi hisoblanadi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Rezervda bo‘lish yoshining chegarasiga yetgan yoki salomatligiga ko‘ra 
belgilangan tartibda harbiy hisobdan chiqarilgan holda harbiy xizmatga yaroqsiz deb 
topilgan harbiy xizmatga majburlar mudofaa ishlari organlari tomonidan iste’foga 
chiqarilib, harbiy ro‘yxatdan chiqariladi. 
(30-moddaning 
uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-
sentabrdagi O‘RQ-564-sonli 
Qonuni 
tahririda 
— Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy 
bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son) 
31-modda. Rezerv toifalari 
Qurolli Kuchlar rezervidagi harbiy xizmatga majburlar birinchi va ikkinchi toifaga 
bo‘linadi. 
Birinchi toifali rezerv chaqiruv yoki kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tagan 
hamda xizmatni o‘tash davrida harbiy hisobdagi ixtisoslikni egallagan birinchi darajadagi 
harbiy xizmatga majburlar orasidan umumiy harbiy majburiyat asosida to‘ldiriladi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Birinchi toifali rezerv 
Qurolli Kuchlarning jangovar qo‘shilmalari, qismlari va 
jangovar ta’minot bo‘linmalari safini urush davrida taqozo etiladigan shtatlar darajasiga 
qadar to‘ldirish uchun mo‘ljallangan. 
(31-
moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-
av
gustdagi O‘RQ-634-sonli 
Qonuni 
tahririda 
— Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy 
bazasi, 26.08.2020-y., 03/20/634/1218-son) 
Ikkinchi toifali rezerv chaqiruv yoki kontrakt 
bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tagan, 
shuningdek safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni o‘tagan ikkinchi darajadagi harbiy 
xizmatga majburlar orasidan umumiy harbiy majburiyat asosida to‘ldiriladi. 
Ikkinchi toifani rezerv Qurolli Kuchlarning qismlari hamda 
ichki va texnik ta’minot 
bo‘linmalarini urush davrida taqozo etiladigan shtatlar darajasiga qadar to‘ldirish uchun, 
favqulodda vaziyatlar ro‘y bergan yoki O‘zbekiston Respublikasiga qarshi harbiy tajovuz 
yuzaga kelgan taqdirda urush davri taqozo etadigan tuzilmalarni kuchaytirish uchun 
mo‘ljallangan. 


Rezervga o‘tkazilgan shaxslar vaqti-vaqti bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tishga 
yuborilishi mumkin. 

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling