Zbekiston respublikasining qonuni umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizma


Download 1.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/41
Sana17.10.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1706065
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   41
Bog'liq
nizami

43-
modda. Harbiy ro‘yxat turlari 
Harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarning harbiy ro‘yxati ularning turar 
joylari bo‘yicha olib boriladi hamda umumiy va maxsus ro‘yxatga bo‘linadi. 
Umumiy harbiy ro‘yxatda chaqiriluvchilar, shuningdek safarbarlik davri va urush 
davri uchun davlat boshqaruvi organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga 
bronlashtirib qo‘yilmagan harbiy xizmatga majburlar turadilar. 
Maxsus harbiy ro‘yxatda safarbarlik davri va urush davri uchun davlat 
boshqaruvi organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga bronlashtirib qo‘yilgan 
harbiy xizmatga majburlar turadilar. 
Harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni shaxsiy ro‘yxatga olish tuman 
(shahar) mudo
faa ishlari organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari 
tomonidan, shuningdek harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar ishlaydigan yoki 
o‘qiydigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, ta’lim muassasalari tomonidan 
amalga oshiriladi. 
44-
modda. Harbiy ro‘yxatga kiritish va undan chiqarish 
Harbiy xizmatga majburlar va harbiy xizmatdan bo‘shatilganidan keyin turar 
joyiga yetib borgan shaxslar uch kunlik muddat ichida tegishli mudofaa ishlari 
organlariga kelishlari shart. 
Harbiy xizmatga m
ajburlar va chaqiriluvchilar turar joyi bir yarim oydan ko‘proq 
muddatga o‘zgargan, uch oydan ko‘proq muddatga xizmat safariga, o‘qish, ta’til yoki 
davolanishga borgan taqdirda turar joylaridagi harbiy ro‘yxatdan chiqishlari, yangi turar 
joyga (doimiy yoki vaqtinchalik) kelganlaridan keyin uch kunlik muddat ichida harbiy 
ro‘yxatdan o‘tishlari shart. 
Urush davrida harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarning tuman (shahar) 
mudofaa ishlari organi boshlig‘ining ruxsatisiz doimiy turar joyidan boshqa joyga ketishi 
man etiladi. 


Ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatib o‘tilgan hollarda harbiy xizmatga 
majburlar va chaqiriluvchilar harbiy ro‘yxatdan chiqish va harbiy ro‘yxatda turish uchun 
harbiy-hisob hujjatlarini mudofaa ishlari organiga topshirishlari lozim. Qishloq joylarga 
borgan yoki u yerlardan jo‘nab ketayotgan harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar 
harbiy-
hisob hujjatlarini tegishli fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga 
topshirishlari kerak. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Harbiy xizmatga chaqirilgan yoki kirgan shaxslar, shuningdek vazirliklar, davlat 
qo‘mitalari va idoralarga xizmatga maxsus unvonlar berilgan holda, xodimlar 
lavozimlariga kirgan shaxslar 
rezervdagilar va zaxiradagilarning harbiy ro‘yxatidan 
chiqarilishi lozim. 
(44-
moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-
avgustdagi O‘RQ-634-sonli 
Qonuni 
tahririda 
— Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy 
bazasi, 26.08.2020-y., 03/20/634/1218-son) 
Harbiy ro‘yxatdan quyidagilar chiqarilishi shart: 
1) tibbiy komissiya tomonidan harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilib, harbiy 
ro‘yxatdan chiqarilgan fuqarolar; 
2
) rezervda yoki zaxirada bo‘lish yoshining chegarasiga yetgan fuqarolar; 
3) chet elga doimiy yashash uchun jo‘nab ketayotgan fuqarolar; 
4) vafot etgan yoki qonunda belgilangan tartibda bedarak yo‘qolgan deb 
topilgan fuqarolar. 

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling