38-
modda. Muqobil xizmatga chaqirilish, uni o‘tash tartibi
Oldingi
tahrirga qarang.
Oldingi
tahrirga qarang.
Fuqarolarning muqobil xizmatga chaqirilishi muddatli harbiy xizmatga
chaqiriladiganlar uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi, chaqiruvni tashkil etish
va o‘tkazish esa hududiy komissiyalar va tuman (shahar) hokimliklari zimmasiga
yuklatiladi.
(38-
moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-
sentabrdagi O‘RQ-718-sonli
Qonuni
tahririda
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,
30.09.2021-y., 03/21/718/0920-son)
Fuqarolar muqobil xizmatni turar joylaridagi yoki mamlakatning boshqa
mintaqalaridagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda o‘taydilar. Bunday korxonalar,
muassasalar va tashkilotlarning ro‘yxati, shuningdek muqobil xizmatdagi xizmatchilar
shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan ishlar va kasblarning turlari O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Muqobil xizmatni o‘tayotgan fuqarolarga ish haqining sakson foizi to‘lanadi.
Muqobil xizmatni o‘tayotgan fuqarolarning ish haqidan ushlab qolinayotgan
summalar respublika budjetiga o‘tkaziladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi muqobil
xizmat tuzilmalariga rahbarlikni mudofaa ishlari organlari amalga oshiradi.
Muqobil xizmatni tashkil etish va o‘tash tartibi O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti tomonidan belgilanadi.
(38-
moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 26-iyundagi O‘RQ-
38-sonli
Qonuni
tahririda
— Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 6-son,
262-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-martdagi
128-
son “Muqobil xizmatni tashkil etish va O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining uni
o‘tashi tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi
qarori
.
Do'stlaringiz bilan baham: |