Zbekiston respublikasining qonuni umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizma


Download 1.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/41
Sana17.10.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1706065
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Bog'liq
nizami

48
2
-
modda. To‘liq moddiy javobgarlik 
Harbiy xizmatchilar, oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari 
(tinglovchilari), harbiy yig‘inlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar va safarbarlik 
chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tayotgan shaxslar o‘z aybi bilan harbiy mol-mulkni talon-
toroj qilgan, kamomadga yo‘l qo‘ygan, behuda sarflagan, yo‘qotgan, qasddan yo‘q 
qilgan, shikastlagan, ishdan chiqargan, qonunga xilof ravishda sarflagan hollarda 
yetkazilgan zarar uchun yoki qasddan sodir etilgan boshqa xatti-harakatlar 
(harakatsizlik) tufayli yetkazilgan zarar uchun, ularda jinoyat qonunchiligida nazarda 
tutilgan jinoyat tarkibi alomatlari borligidan qat’i nazar, moddiy javobgar bo‘ladi. 
Valyuta qimmatliklari, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan 
zargarlik buyumlari hamda boshqa maishiy-
ro‘zg‘or buyumlarining va bunday buyumlar 
parchalarining talon-toroj qilinishida, kamomadida hamda normativlardagidan ortiq 
yo‘qotishlarida aybdor bo‘lgan harbiy xizmatchilar, oliy harbiy ta’lim muassasalarining 
kursantlari (tinglovchilari), harbiy yig‘inlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar va 
safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tayotgan shaxslar qonunchilikka muvofiq 
moddiy javobgar bo‘ladi. 
Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar o‘z aybi bilan vagonlarning, 
avtomobillarning va boshqa transport vositalarining bekor turib qolishi tufayli yetkazilgan 
zarar uchun yetkazilgan zararga teng miqdorda 
moddiy javobgar bo‘ladi. 
Harbiy xizmatchilar, oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari 
(tinglovchilari), harbiy yig‘inlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar va safarbarlik 
chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tayotgan shaxslar o‘z aybi bilan jismoniy va yuridik 
shaxslarga zarar yetkazgan taqdirda, agar zararning o‘rni qonunchilikka muvofiq Qurolli 
Kuchlar tomonidan qoplangan bo‘lsa, Qurolli Kuchlar tomonidan qilingan xarajatlarning 
o‘rnini davlatga qoplashi shart. 
Xizmatchilarni (ishchilarni) qonung
a xilof ravishda ishdan bo‘shatishda yoki 
boshqa ishga o‘tkazishda aybdor bo‘lgan komandirlar (boshliqlar) majburiy progul vaqti 
yoki kam haq to‘lanadigan ishni bajarish vaqti uchun ortiqcha haq to‘lanishi munosabati 
bilan, shuningdek qonunchilikni buzganl
ik yoxud bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi 
komandirning (boshliqning) yoki sudning xizmatchini (ishchini) ishga tiklash to‘g‘risidagi 
qarorini bajarishni asossiz ravishda kechiktirganlik uchun yetkazilgan moddiy zararning 
o‘rnini davlatga qoplaydi. 

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling