Zbekiston respublikasining qonuni umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizma
VIII. SAFARBARLIK BO‘YIChA ChAQIRILISh TO‘G‘RISIDA VA HARBIY
Download 1.2 Mb. Pdf ko'rish
|
nizami
VIII. SAFARBARLIK BO‘YIChA ChAQIRILISh TO‘G‘RISIDA VA HARBIY
XIZMATDAN BO‘ShATISh 46- modda. Safarbarlik bo‘yicha va urush davrida harbiy xizmatga chaqirilish Fuqarolarning safarbarlik bo‘yicha va urush davrida harbiy xizmatga chaqirilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari asosida o‘tkaziladi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasining 18 bandi . Oldingi tahrirga qarang. Safarbarlik e’lon qilingan taqdirda bu vaqtda harbiy xizmatda va harbiy yig‘inlarda bo‘lgan barcha fuqarolar alohida farmoyish berilguniga qadar xizmatni davom ettirib turadi, harbiy xizmatga majburlar esa harbiy xizmatga chaqiriladi. Harbiy xizmatchilarning ta’tillari bekor qilinadi. Harbiy xizmatga majburlar o‘zlari doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joydagi tuman (shahar) mudofaa ishlari organida, harbiy xizmatchilar esa xizmatni o‘tayotgan joyda hozir bo‘lishi shart. Safarbarlik e’lon qilinishi bilan hududiy komissiyalarning chaqirilish yoshidagi fuqarolarning chaqirilish muddatini kechiktirish va ularni chaqirilishdan ozod etish to‘g‘risidagi qarorlari bekor qilinadi. Chaqirilish muddatini kechiktirish hamda chaqirilishdan ozod etish bundan keyin faqat salomatligi holatiga ko‘ra va maxsus hisobda turganligiga qarab qo‘llanilishi mumkin. (46- moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 14- martdagi O‘RQ-759-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son) Safarbarlik e’lon qilinganida va urush davrida harbiy xizmatga o‘n sakkiz yoshdan boshlab ushbu Qonunda belgilangan rezerv va zaxirada bo‘lish yoshi chegarasiga qadar yoshdagi harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar hamda harbiy ro‘yxatda turmagan o‘n sakkiz yoshdan qirq besh yoshgacha bo‘lgan ayollar (o‘n olti yoshgacha bo‘lgan bolalari bor ayollar bundan mustasno) chaqirilishlari mumkin. Safarbarlik bo‘yicha va urush davrida harbiy xizmatga chaqirilish faqat mudofaa ishlari organlari tomonidan amalga oshiriladi. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling