Zbekiston respublikasining qonuni umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizma


-modda.  Safarbarlik bo‘yicha va urush davrida harbiy xizmatga


Download 1.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/41
Sana17.10.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1706065
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   41
Bog'liq
nizami

47-modda. 
Safarbarlik bo‘yicha va urush davrida harbiy xizmatga 
chaqirilish munosabati bilan fuqarolarni moddiy jihatdan ta’minlash 
Safarbarlik bo‘yicha va urush davrida harbiy xizmatga chaqirilgan fuqarolar bilan 
ish (xizmat) joyida to‘la hisob-kitob qilinadi. Ularga amalda ishlagan vaqtlari uchun ish 
haqi, ishdan bo‘shatish nafaqasi va foydalanilmagan ta’til uchun kompensatsiya 
to‘lanadi. 
Safarbarlik bo‘yicha va urush davrida harbiy xizmatga chaqirilganlarning egallab 
turgan turar joy maydoni saqlanib qoladi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Safarbarlik bo‘yicha va urush davrida harbiy xizmatga chaqirilgan fuqarolarning 
oilalarini davlat tomonidan ta’minlash qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. 
(47-moddaning uchinchi qismi 
O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda 
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi
21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
48-
modda. Safarbarlikdan bo‘shatish 
Safarbarlikdan bo‘shatish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga 
asosan amalga oshiriladi. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasining 
18 bandi

Oldingi
 tahrirga qarang. 
Harbiy xizmatchilarni safarbarlikdan bo‘shatish bilan bog‘liq xarajatlar 
qonunchilikda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari 
hisobidan amalga oshiriladi. 
(48-moddaning ikkinchi qismi 
O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda 
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 
21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling