Zbekiston respublikasining qonuni umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizma


Download 1.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/41
Sana17.10.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1706065
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Bog'liq
nizami

48
3
-modda. Cheklangan moddiy javobgarlik 
Quyidagi hollarda komandirlar (boshliqlar) yetkazilgan zarar miqdorida, biroq bir 
oylik pul ta’minoti maoshidan ortiq bo‘lmagan miqdorda moddiy javobgarlikka tortiladi: 
harbiy mol-mulkni hisobga olishning, saqlashning, undan foydalanishning, uni 
sarflash va tashishning belgilangan tartibini buzadigan farmoyish berganda; 
harbiy 
mol-mulkning 
talon-
toroj 
qilinishi, 
kamomadi
yo‘q 
qilinishi, 
shikastlanishining va buzilishining oldini olishga doir zarur choralar ko‘rmaganlik zarar 
yetkazilishiga sabab bo‘lganda; 


aybdor shaxslar tomonidan yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash choralarini 
ko‘rmaganda. 
48
4
-modda. Zararning miqdorini aniqlash va zararni undirish tartibi 
Moddiy zarar (moddiy va pul mablag‘larining (qimmatliklarning) talon-toroj 
qilinganligi, kamomadi, behuda sarflanganligi, yo‘qotilganligi, yo‘q qilinganligi, 
shikastlanganligi, ishdan chiqarilganligi, ulardan qonunga xilof ravishda foydalanilganligi 
hamda ular qonunga xilof ravishda hisobdan chiqarilganligi faktlari) aniqlaganida 
komandirlar (boshliqlar) zararning kelib chiqishi sabablarini, miqdorini va aybdor 
shaxslarni aniqlash uchun belgilangan tartibda tergovga qadar tekshiruvni yoki xizmat 
tekshiruvini o‘tkazadi. 
Agar moddiy zararning sabablari, miqdori va aybdor shaxslar tergovga qadar 
tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov organlari yoki sud tomonidan aniqlangan bo‘lsa, 
komandir (boshliq) tomonidan tergovga qadar tekshiruv yoki xizmat tekshiruvi 
o‘tkazilmasligi mumkin. 
O‘z aybi bilan moddiy zarar yetkazgan harbiy xizmatchilar, oliy harbiy ta’lim 
muassasalarining kursantlari (tinglovchilari), harbiy yig‘inlarga chaqirilgan harbiy 
xizmatga majburlar va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tayotgan shaxslar 
moddiy zararning o‘rnini harbiy xizmatni (yig‘inlarni) o‘tash davrida yoki rezervga 
(zaxiraga) bo‘shatilgan yoxud iste’foga chiqarilgandan keyin ixtiyoriy ravishda to‘liq yoki 
qisman qoplashi mumkin. 

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling