Zbekiston respublikasining qonuni umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizma


- modda. Umumiy harbiy majburiyatni bajarish bilan bog‘liq chora-


Download 1.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/41
Sana17.10.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1706065
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Bog'liq
nizami

50-
modda. Umumiy harbiy majburiyatni bajarish bilan bog‘liq chora-
tadbirlarni moliyaviy va moddiy jihatdan ta’minlash 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Umumiy 
harbiy majburiyatni bajarish va harbiy xizmatni o‘tash bilan bog‘liq 
chora-
tadbirlarni moliyaviy hamda moddiy jihatdan ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi 
Davlat budjeti mablag‘lari va qonunchilikka muvofiq moliyalashtirishning boshqa 
manbalari hisobidan amalga oshiriladi. 
(50-moddaning birinchi qismi 
O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda 
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 
21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, joylardagi davlat hokimiyati va 
boshqaruv organlari fuqarolarning tibbiy 
ko‘rikdan o‘tkazilishini, ularning harbiy xizmatga 
chaqirilishi hamda chaqirilganlarning harbiy qismlarga jo‘natilishini amalga oshirish 
uchun mudofaa ishlari organlarini uskunalar, aloqa vositalari, chaqiruv (yig‘in) punktlari, 
dori vositalari, tibbiyot v
a xo‘jalik mol-mulki, avtomobil transporti bilan ta’minlashlari, 
shuningdek jamoat tartibi saqlanishini ta’minlashlari shart. 
(50-
moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-
iyundagi O‘RQ-436-son 
Qonuni 
tahririda 
— O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda) 
Urush davrida o‘tkaziladigan safarbarlik rejalari to‘liq va sifatli bajarilishi uchun 
vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar hamda ta’lim 
muassasalari joylardagi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining qaroriga binoan 
tinchlik davrida mudofaa ishlari organlari bilan birgalikda harbiy xizmatga majburlarni 
xabardor etish va harbiy xizmatga majburlarni hamda texnika
ni yig‘ish uchastkalarini 
tashkil etadilar, ana shu uchastkalarning shaxsiy tarkibini harbiy xizmatga majburlar 
bilan ularni asosiy ish (xizmat) joyidagi vazifalaridan ozod etmagan holda to‘ldiradilar. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Fuqarolarni chaqiruv uchastkalarida qayd etish komissiyalari va chaqiruvni 
o‘tkazish bo‘yicha komissiyalar a’zolarining, chaqiruv uchastkalari va yig‘in punktlarida 
ishlovchi vrachlar, o‘rta tibbiyot xodimlarining, yordamchi xodimlar va xizmat 
ko‘rsatuvchi xodimlarning ish joyi, lavozimi va o‘rtacha ish haqi ular belgilangan 
vazifalarni bajarishining butun davrida saqlanib qoladi. Bu komissiyalardagi ishga jalb 
etilgan tibbiyot xodimlarining ta’minoti xarajatlari mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan 
amalga oshiriladi. 
(50-
moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-
sentabrdagi O‘RQ-718-sonli 
Qonuni 
tahririda 
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 
30.09.2021-y., 03/21/718/0920-son) 
Agar ushbu moddaning 
to‘rtinchi qismida 
ko‘rsatib o‘tilgan shaxslar o‘z 
zimmalariga yuklatilgan vazifalarni doimiy turar joyidan chetga chiqish bilan bajarsalar
ularning turar joyidan ish joyiga borish va u erdan qaytib kelish, turar joyni ijaraga olish 
bilan bog‘liq xarajatlari mudofaa ishlari organlarining taqdimiga ko‘ra tegishli hokimliklar 
tomonidan qoplanadi, ularga xizmat safarlari uchun belgilangan normalar asosida 
kundalik xarajatlari puli to‘lanadi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling