Zbekiston respublikasining qonuni umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizma


Download 1.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/41
Sana17.10.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1706065
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Bog'liq
nizami

VIII
1
. Harbiy xizmatchilarning, oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlarining 
(tinglovchilarining), harbiy yig‘inlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlarning 
va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tayotgan shaxslarning moddiy 
javobgarligi 
48
1
-
modda. Harbiy xizmatchilarni, oliy harbiy ta’lim muassasalari 
kursantlarini (tinglovchilarini), harbiy yig‘inlarga chaqirilgan harbiy xizmatga 
majburlarni va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tayotgan shaxslarni 
moddiy javobgarlikka tortish shartlari 
Harbiy xizmatchilar, oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari 
(tinglovchilari), harbiy yig‘inlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar va safarbarlik 
chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tayotgan shaxslar harbiy xizmat majburiyatlarini (xizmat 
majburiyatlarini) bajarish chog‘ida harbiy mol-mulkka (Qurolli Kuchlar tasarrufidagi 
harbiy obyektlarga, binolar va inshootlarga, qurol-
yarog‘ va o‘q-dorilar, jangovar va 


boshqa texnika, o‘zga moddiy-texnik vositalar va pul mablag‘lariga (qimmatliklarga) 
yetkazilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri haqiqiy zarar uchun moddiy javobgarlikka tortiladi. 
Harbiy xizmatchilar, oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari 
(tinglovchilari), harbiy yig‘inlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar va safarbarlik 
chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tayotgan shaxslar, agar zarar komandirning 
(boshliqning) buyrug‘ini bajarish yoxud asosli xizmat yoki xo‘jalik tavakkalchiligi yoki 
boshqa qonuniy harakatlar natijasida yetkazilganda moddiy javobgar bo‘lmaydi. 
Harbiy xizmat majburiyatlarini (xizmat majburiyatlarini) bajarmayotgan paytda 
moddiy zarar yetkazgan harbiy xizmatchilar, oliy harbiy ta’lim muassasalarining 
kursantlari (tinglovchilari), harbiy yig‘inlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar va 
safarbar
lik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tayotgan shaxslar fuqarolik qonunchiligiga 
muvofiq javobgar bo‘ladi. 

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling