48
5
-modda. Moddiy javobgarlikka tortish muddatlari
Harbiy xizmatchilar, oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari
(tinglovchilari), harbiy yig‘inlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar va safarbarlik
chaqiruvi
rezervidagi
xizmatni
o‘tayotgan
shaxslar,
rezervga
(zaxiraga)
bo‘shatilganligidan yoki iste’foga chiqarilganligidan qat’i nazar, yetkazilgan zarar
aniqlangan kundan e’tiboran uch yil ichida moddiy javobgarlikka tortiladi.
(VIII
1
bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-sentabrdagi O‘RQ-718-
sonli
Qonuniga
asosan kiritilgan
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-
y., 03/21/718/0920-son)
IX. YAKUNLOVChI QOIDALAR
49-
modda. Fuqarolarning harbiy tajovuz yoki favqulodda vaziyatlar ro‘y
berish hollariga mo‘ljallangan harbiy tayyorgarligi
Oldingi
tahrirga qarang.
Fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasiga qarshi harbiy tajovuz yoki favqulodda
vaziyatlar ro‘y berish hollariga mo‘ljallangan harbiy tayyorgarligi O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan tashkil etiladi va ularning ish, o‘qish yoki
turar joylarida ishlab chiqarishdan yoki o‘qishdan ajralmagan holda amalga oshiriladi.
(49-
moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 26-iyundagi
O‘RQ-38-sonli
Qonuni
tahririda
— Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 6-
son, 262-modda)
Fuqarolarning harbiy tayyorgarligini tashkil etish va unga rahbarlik qilish
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va mahalliy
davlat hokimiyati organlari zimmasiga yuklatiladi.
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar
Kengashi, hokimlik
lar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasi
Mudofaa vazirligi bilan birgalikda harbiy tayyorgarlikning zarur o‘quv-moddiy bazasini
yaratadilar, harbiy tayyorgarlik rahbarlarini tanlash va tayyorlashni ta’minlaydilar.
Oldingi
tahrirga qarang.
Fuqarolarni harbiy tayyorgarlikdan o‘tkazish tartibi va bunday tayyorgarlikdan
ozod etiladigan shaxslar doirasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan
belgilanadi.
(49-
moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 26-
iyundagi O‘RQ-38-sonli
Qonuni
tahririda
— Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi,
2006-y., 6-son, 262-modda)
Do'stlaringiz bilan baham: |