Zbekiston respublikasining qonuni umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizma


- modda. Muqobil xizmatdan bo‘shatish


Download 1.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/41
Sana17.10.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1706065
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   41
Bog'liq
nizami

41-
modda. Muqobil xizmatdan bo‘shatish 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Muqobil xizmatning belgilangan muddatlarini o‘tab bo‘lgan fuqarolarni 
xizmatdan bo‘shatish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori asosida amalga 
oshiriladi. 
(41-
moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 26-iyundagi 
O‘RQ-38-sonli 
Qonuni
 tahririda 
— Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 6-
son, 262-modda) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Fuqaro oilaviy ahvoli o‘zgarganligi munosabati bilan, agar bu hol unga 
qonunchilikka muvofiq chaqirilish muddatini kechiktirish yoki chaqirilishdan ozod etilish 
huquqini beradigan bo‘lsa, muqobil xizmatdan muddatidan oldin bo‘shatilishi mumkin. 
(41-moddaning ikkinchi qismi 
O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda 
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi
21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
Muqobil xizmatdan muddatidan oldin bo‘shatish to‘g‘risidagi qarorni O‘zbekiston 
Respublikasi Mudofaa vazirligi qabul qiladi. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-martdagi 128-son qarori bilan 
tasdiqlangan Muqobil xizmatni tashkil etish va O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining 
uni o‘tashi tartibi to‘g‘risidagi nizomning 
IV bobi

VII. HARBIY RO‘YXAT 


42-
modda. Harbiy ro‘yxatning umumiy qoidalari 
Harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar harbiy ro‘yxatdan o‘tishlari zarur. 
Harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni harbiy ro‘yxatdan o‘tkazish davlatdagi 
mavjud va harbiy xizmatga yaroqli chaqiriluvchilar resurslarini hisobga olish hamda tahlil 
qilishning umumdavlat tizimi hisoblanadi. Ro‘yxatga olish tizimining faoliyat ko‘rsatishi 
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa va Ichki ishlar vazirliklari organlari, Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimliklari tomonidan 
ta’minlanadi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Tibbiy tayyorgarlikka yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 
belgilanadigan ro‘yxatdagi tegishli harbiy ixtisoslikka turdosh kasb bo‘yicha 
tayyorgarlikka ega bo‘lgan ayollar harbiy ro‘yxatga kiritiladi. Ular tuman, shahar 
mudofaa ishlari organlarining chaqiruviga binoan tibbiy ko‘rikdan o‘tish va harbiy ro‘yxat 
qoidalarini bajarish uchun hozir bo‘lishlari shart. 
Harbiy ro‘yxatga olish tartibi va uni tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan Harbiy ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi nizom bilan 
belgilanadi. 
(42-
moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 
2006-yil 26-
iyundagi O‘RQ-38-sonli 
Qonuni
 tahririda 
— Oliy Majlis palatalarining 
Axborotnomasi, 2006-y., 6-son, 262-modda) 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-martdagi 
119-
son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy ro‘yxatga 
olish to‘g‘risidagi 
Nizom.
 

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling