Zbekiston respublikasining qonuni umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizma
Download 1.2 Mb. Pdf ko'rish
|
nizami
8-modda. Qurolli Kuchlar
safida harbiy xizmatni o‘tagan rezervchilar xizmati Rezervchilar xizmati haqiqiy harbiy xizmatni, shuningdek safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tagan oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar jumlasidan bo‘lgan harbiy xizmatga majburlar uchun Qurolli Kuchlarning qo‘shilmalari, qismlari va bo‘linmalari safini urush davrida taqozo etiladigan shtatlar darajasiga qadar to‘ldirish, shuningdek urush davri taqozo etadigan tuzilmalarni kuchaytirish maqsadida umumiy harbiy majburiyat asosida joriy etiladigan harbiy xizmat turidir. Rezervchilar sifatida xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatga majburlar tinchlik davrida, qoida tariqasida, qo‘shinlarning jangovar tayyorgarligini saqlab turish, rezervchilarning harbiy hisobdagi ixtisoslik bo‘yicha majburiyatlarni tinchlik va urush davrida bajarishi uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarini saqlab qolish va takomillashtirish maqsadida harbiy qismlar bazasida hududiy prinsip asosida tashkil etiladigan harbiy tayyorgarlik bo‘yicha harbiy yig‘inlarni o‘tashga jalb etilishlari mumkin. Harbiy yig‘inlarni o‘tash muddatlari ushbu Qonunning 32-moddasida belgilanadi. Rezervchilardan urush davrida ham, tinchlik davrida ham O‘zbekiston Respublikasiga qarshi harbiy tajovuz tahdidi va mamlakat xavfsizligiga tahdid tug‘ilganida, tabiiy ofatlar hamda favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga binoan qo‘shilmalar va qismlar tarkibida jangovar maqsadlar bo‘yicha foydalanilishi mumkin. Oldingi tahrirga qarang. Qurolli Kuchlar rezervchilarining xizmatni o‘tash tartibi qonunchilik bilan belgilanadi. (8-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21- apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari rezervidagi xizmat to‘g‘risida”gi Qonuni . Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling