Zbekiston respublikasining qonuni umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizma


-modda. Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat


Download 1.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/41
Sana17.10.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1706065
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
nizami

6-modda. Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Harbiy xizmatga yaroqli, shu jumladan cheklovlar bilan yaroqli bo‘lgan hamda 
chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etilish huquqiga ega 
bo‘lmagan, 
biroq Qurolli Kuchlar safiga navbatdagi muddatga chaqirilmagan shaxslar safarbarlik 
chaqiruvi rezervi safiga olinadilar. 
(6-
moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-
sentabrdagi O‘RQ-564-sonli 
Qonuni 
tahririda 
— Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy 
bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat hududiy prinsip asosida oylik yig‘inlar 
tarzida tashkil etiladi hamda chaqiriluvchilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi 
Mudofaa vazirligining maxsus hisobvarag‘iga pul badallari kiritilishini nazarda tutadi. 
(6-
moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 18-
fevraldagi O‘RQ-522-sonli 
Qonuni 
tahririda 
— O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda) 
Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga shaxslar yigirma yetti yoshga 
to‘lgunga qadar olinadilar va har yilgi harbiy yig‘inlarga jalb etilishlari mumkin
favqulodda vaziyatlar yoki O‘zbekiston Respublikasiga qarshi harbiy tajovuz ro‘y bergan 
taqdirda esa haqiqiy harbiy xizmatga chaqiriladilar. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Safarbarlik chaqiruvi rezervida oylik yig‘inni o‘tagan fuqarolar Qurolli Kuchlar 
rezerviga o‘tkaziladilar. 


(6-
moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-
sentabrdagi O‘RQ-718-sonli 
Qonuni 
tahririda 
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 
30.09.2021-y., 03/21/718/0920-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxslar to‘laydigan pul 
badallari miqdori va 
ularni to‘lash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 
tasdiqlanadigan alohida nizom bilan belgilanadi. Bu mablag‘lar safarbarlik chaqiruvi 
rezervidagi xizmatchilar bilan yig‘inlarni o‘tkazishga bog‘liq xarajatlarning o‘rnini 
qoplashga, qaysi tegishli vazirliklar va idoralarda muddatli harbiy xizmat nazarda 
tutilgan bo‘lsa, o‘sha vazirliklar va idoralarning muddatli harbiy xizmatdagi harbiy 
xizmatchilari harbiy xizmatdan bo‘shatilganida xizmatdan bo‘shatish nafaqasini 
to‘lashga, yig‘inlar ma’muriyatining ta’minotiga, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa 
vazirligining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish hamda mustahkamlashga, shu 
jumladan binolarni ta’mirlash va qurishga, mudofaa ishlari organlaridagi safarbarlik 
chaqiruvi rezervidagi xizmatchila
rni hisobga oluvchi xodimlarning ta’minotiga, 
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi ehtiyojlari uchun qurol-yarog‘, harbiy-texnika 
mol-
mulki va o‘q-dorilarni xarid qilishga maqsadli tartibda yo‘naltiriladi. 
(6-
moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 18-
fevraldagi O‘RQ-522-sonli 
Qonuni 
tahririda 
— O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda) 
 LexUZ sharhi 
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 22-fevraldagi 99-son qarori bilan 
tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining “Safarbarlik chaqiruvi 
rezervi mablag‘lari” maxsus hisob raqami to‘g‘risida”gi
 nizom

Oldingi
 tahrirga qarang. 
Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni tashkil etish va o‘tash tartibi 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan O‘zbekiston 
Respublikasi fuqarolarining safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tash tartibi 
to‘g‘risidagi 
nizom
 bilan belgilanadi. 
(6-moddaning 
oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 26-iyundagi 
O‘RQ-38-sonli 
Qonuni
 tahririda 
— Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 6-
son, 262-modda) 
 LexUZ sharhi 
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 22-fevraldagi 99-son qarori bilan 
tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining “Safarbarlik chaqiruvi 
rezervi mablag‘lari” maxsus hisob raqami to‘g‘risida”gi
 nizom


Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling